Universiteti
Andijon davlat universitetining xalqaro
loyihalarni amalga oshirish haqida
MA’LUMOT
Andijon davlat universiteti xalqaro xamkorlik sohasida ko‘plab muvoqaqqiyatlarga erishib kelmoqda. Mazkur hamkorlik orqali turli xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Bu esa universitetda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, ko‘plab mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirib kelishiga imkon yaratdi.
Tugallangan grantlar
1. Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti. “Axborot-resurs markazini tashkil etish” (2010-2014 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 50.000$ (AQSh dollari.
2. Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi TuCAHEA loyihasi Markaziy Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida sifat kafolatini oshirish orqali ta’limni rivojlantirish loyihasi (530786-TEMPUS-1-2012-1-NL-TEMPUS-SMHES) 2010-2014 yillarga muljallangan. Loyiha xajmi ma’lumot berilmagan.
Xozirgi kunda universitetda 3ta xalqaro tashkilotning 4 ta loyihasi amalga oshirilmoqda.
I. Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti. “Koreys tili o‘qitish markazini tashkil etish” (2014-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 16.000$ (AQSh dollari).
II. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi.
1) “IQAT - Sifat va tipologiya bilan ta’minlash instituttsional tizimni amalga oshirish maqsadida salohiyatni Boloniya jarayoni asoslaridan foydalangan holda takomillashtirish” (2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 24.600$ (AQSh dollari).
2) “ModeHEd- universitetlarda tibbiy ta’limni isloxotlashtirish”.(2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 46.200$ (AQSh dollari).
3) RENES- Razrabotka magisterskoy programmi v oblasti vozobnovlyayemix istochnikov energii i ustoychivoy okrujayushey sredi. (Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment (2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 85,4000 (Evro).
III. AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microschoolar Program S-42800-14-GR-102-sonli xalqaro granti (2015-2018 yillarga muljallangan). Loyiha xajmi: 46.800$ (AQSh dollari).
Loyihalarning maqsad va vazifalari, erishilgan yutuqlar.
1. “Koreys tili o‘qitish markazini tashkil etish”. Universitetning tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti binosida “Koreys tili marzaki” faoliyat olib bormoqda. Markazda koreyalik volantyor Kim Eyol koreys tilidan darslar berib kelmoqda. Koreys tilini mukammal o‘zlashtirgan talabalar grant asosida Koreya universitetlaridagi o‘quv kurslarda taxsil olib qaytdilar: Kim Angelina (2013y.), Kim Maksim (2014y.), Obidov Qudratillo (2015y.). Mazkur loyiha asosida Andijon davlat universiteti Janubiy Koreyaning Seul Milliy universiteti, Son Mun universiteti va Jongbuk universiteti bilan akademik xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari universitetning Axborot resurs markazi Marketing va Axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi mudiri Abduraxmonov Murodjon Kyonxi universitetida (2015y.), Biologiya fakulteti, doktoranti Noraliyeva Nasiba Koreyaning milliy tadqiqot markazida (2015y.) malaka oshirib qaytdi.
2. “IQAT loyihasining asosiy maqsadi universitetda o‘qitilayotgan fanlarni, asosan iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi dasturlarini Yevropa standartlariga mos holda sifatini oshirish, mutaxassislarni tayyorlashda Boloniya jarayoni asoslariga tayanish ko‘zda tutilgan. Hozirda Chexiyaning Agrotexnika universiteti loyiha bosh kordinatori sanaladi. Shu sababli 1-yig‘ilish Chexiyada bo‘lib unda universitetdan: Nurmatov D.-Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, Abdullayev M.- Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, Abduraxmonov Murodjon- Axborot resurs markazi Marketing va Axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi mudiri, Alimov F.-Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i qatnashdilar. Loyixa doirasida 2 ta o‘quv laboratoriya markazi tashkil etish, ularni zamonaviy org-texnika vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
3. ModeHEd- universitetda tibbiy ta’limni isloxotlashtirish orqali Valeologiya, Tibbiy bilim asoslari, Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, Sport meditsinasi singari bir qator fanlarning o‘quv dasturlarini Yevropa standartlariga mos holda yaratish bu orqali talabalarga zamonaviy fan yutuqlarini tanishtirish maqsad qilib belgilangan. Loyiha doirasida org-texnika vositalari, turli tibbiy anjomlar, labaratoriya jihozlarini olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda loyihada Dumayeva Z. Aliyeva R. Xolmirzayeva M. hamda kordinator F.Alimov ishtirok etmoqda. Loyiha bosh kordinatori Germaniyaning Layptsix universiteti. Kelgusida (noyabr oyida, 2016y.) Germaniyada loyiha qatnashchilari ishtirokida yig‘ilish rejalashtirilgan.
4. AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microschoolar Program. Mazkur loyiha asosan maktab yoshidagi bolalarga ingliz tili to‘garaklarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti bosh binosidagi auditoriyalarda olib borilmoqda. Loyiha bosh kordinatori Axmadaliyeva D. -ingliz tili va grammatikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi. To‘garak o‘qituvchilari: Isroiljon qizi Gavharoy, Xaydarova Nigora, Isroilova Dildora. Loyiha doirasida org-texnika vositalari, turli o‘quv adabiyotlar, lingofon labaratoriya jihozlarini olib kelish rejalashtirilgan.
5. RENES loyiha Yevropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy summasi 850,975.00 yevroni tashkil etadi. Loyiha 15.10.2016-15.10.2019 muddatda bajarilishi ko‘zda tutilgan. ADU uchun ajratilgan mablag‘ 85,4 ming yevro. Undan 40,0 ming yevro o‘quv-ilmiy laboratoriya tashkil etish uchun. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish (asosan: Quyosh energetikasi) yo‘nalishida magistratura tashkil etish va yetuk mutaxassislar tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan. Tabiiyki ushbu yo‘nalish bo‘yicha magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun har bir oliygoh ushbu yo‘nalishga mos laboratoriya jihozlari bilan taminlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya jihozlari bilan taminlash, loyihaning ya’ni ERASMUS+ dasturi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
KELGUSIDA. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining International Credit Mobility loyihasi doirasida 2 nafar doktorant (loyihasing 1-bosqichida), 2 nafar magistrant (loyihasing 2-bosqichida), 2 nafar talaba (loyihasing 3-bosqichida) Italiyaning Piza universitetida 1-3 oy davomida malaka oshirish, o‘quv kurslarida taxsil olishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda loyihaning 1-bosqichini amalga oshirish maqsadida universitetning 2 nafar doktoranti: Rustamov Dilshodbek va Sodiqova Sevinch (2016 yil 1 sentyabrdan 28 noyabrga qadar malaka oshirish, ilmiy tadqiqot ishlariga tegishli adabiyotlar bilan tanishish maqsadida) xujjatlari Italiyaning Piza universiteti rahbariyatiga taqdim etildi. Barcha xarajatlar Erasmus+ dasturi tomonidan amalga oshiriladi.
Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti tashabbusi bilan Jongbuk universitetidagi qisqa muddatli o‘quv kurslarda taxsil olishlari uchun 2 nafar talaba: Abdullajanov Shoxboz (iqtisodiyot yo‘nalishi), Axmedov Abrorbek (ingliz tili yo‘nalishi) tanlab olindi. Mazkur talabalar koreys tili, rus tili va ingliz tilini mukammal bilishlarini xisobga olgan holda ularning barcha kerakli xujjatlari Janubiy Koreyaning Jongbuk universiteti rahbariyatiga taqdim etildi. Rejaga ko‘ra talabalar 3 oy davomida (2016 yil sentyabr-noyabr oylari) Jongbuk universitetining marketing va turizmni rivojlantirish o‘quv kurslarida taxsil olishlari ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining halqaro hamkorlik loyihasiga ko‘ra Fizika va matimatika fakulteti, Informatika kafedrasi assistenti Mirzaolimov Navruzbek Xitoyning Pekin shahridagi Pekin Normal universitetiga (1 yillik) malaka oshirishga, Xorijiy tillar fakulteti, Fakultetlararo chet til kafedrasi assistenti Raxmonov Ulug‘bek Malayziyaning MARA texnologiya universitetiga qisqa muddatga (1 oylik) malaka oshirishga yuborish rejalashtirilgan. Hozirda mazkur o‘qituvchilarning xorijga chiqish vizalari tayyorlanmoqda.
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i: F.Alimov
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI