Andijon Davlat
Universiteti
 
TO’XTABOEV NOZIMJON XOSHIMJONOVICH
Fakulteti dekani. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: tabiiy-fan@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Jami 180 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 3 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.

Uning rahbarligi ostida universitet va Andijon shahar hokimligi qoshidagi “Innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish markazi” hamkorligida 3 ta respublika innovatsion ilmiy grant loyihasi amalga oshirilgan. Hududdagi 3 ta fermer xo‘jaligi bilan perspektiv xo‘jalik qimmatiga ega bo‘lgan o‘simlik xomashyolarini yetishtirish va ulardan import o‘rnini bosuvchi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga qaratilgan shartnomalar tuzilgan.

Faol ishtiroki bilan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi yo‘nalishida 3 ta respublika va 1 ta xalqaro konferensiya o‘tkazilgan.

Hammualliflikda yozilgan umumta’lim o‘rta maktablari uchun 7-, 8-, 9-sinf darsliklari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalari 7 tilda bir necha million nusxada nashr qilinib, amaliyotda foydalanib kelinmoqda.

 Oliy ta’lim muassasalari kimyo yo‘nalishi bakalavrlari uchun 6 ta, kimyo magistri mutaxassisligi uchun 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

Hududdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hokimlik tomonidan tashkil qilingan guruhda ekspert sifatida ishtirok etadi.

Rahbarlik faoliyati bilan bir vaqtda soha bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib boradi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini davom ettirib, doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Pedagogik faoliyati davomida bakalavr bitiruv-malakaviy ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelgan. Tajribali pedagog sifatida muntazam ravishda tashkil qiladigan ochiq ma’ruza mashg‘ulotlari kuzatuvchilar tomonidan yuksak ilmiy-pedagogik saviyada o‘tkazilgani ta’kidlangan.

Mutaxassislik kafedrasining o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash borasida 5140500-Kimyo bakalavr yo‘nalishi uchun "Modda tuzilishi", “Kimyo o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Kimyodan maslal va mashqlar yechish” fanlaridan ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari va o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlagan. 5A140501-Kimyo (organik kimyo) mutaxassisligi uchun ishchi o‘quv reja tayyorlashda faol ishtirok etgan va “Dinamik stereokimyo va konformatsion analiz”, “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fanlaridan ishchi o‘quv dasturlarini tayyorlagan.

Respublikada darslik va o‘quv qo‘llanmalar tanlovida 2008 yilda hammualliflar bilan birgalikda yozilgan “Kimyo-9” darsligi fahrli III-darajali diplom bilan, 2009 yilda “Kimyo-7” darsligi fahrli II-darajali diplom bilan, 2010 yilda “Kimyo-8” darsligi fahrli I-darajali diplom bilan taqdirlangan.

1991-1993 yillarda - Andijon davlat pedagogika instituti yoshlar qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari

1993-1993 yillarda - Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqi qo‘mitasi raisi

1993-1996 yillarda - Andijon davlat universiteti aspiranti

1996-1999 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi

1999-2002 yillarda - Andijon davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

2002-2003 yillarda - Andijon davlat universiteti fizik va organik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi

2003-2004 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘ining sirtqi ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari

2004-2005 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i

2005-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi bosh uslubchisi

2006-2009 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv metodik boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)

2009-2011 yillarda - Andijon davlat universiteti maxsus sirtqi fakulteti dekani (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)

2011-2011 yillarda - Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)

2011-2013 yillarda - Andijon viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)

2013-2017 yillarda - Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti

2017 yildan hozirgi vaqtga qadar Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.