Andijon Davlat
Universiteti
GEOGRAFIYA KAFEDRASI 
 

ISAEV AKBARJON ABDULXAMIDOVICh

Kafedra mudiri. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta:  Akbar78@adu.uz 

Geografiya universitetning tanyach kafedralaridan biri bo‘lib, kafedrada 60530400 – “Geografiya” va qo‘shma dasturi asosida 1-89 01 01 – “Туризм и гостeприимства” (Belorus Respublikasining Polotsk universiteti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr,  70530402 – “Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida jami 17 nafar, shundan 14 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda, 5 nafar o‘qituvchi o‘rindosh sifatida ishlamoqda. Ulardan 2 nafari geografiya fanlari doktori, professor (Yu.I.Ahmadaliyev, K.Bymirzayev), 1 nafari fan nomzodi, professor (M.Mamajonov), 2 nafari fan nomzodi, dotsent (I.O.Sulaymonov, A.A.Isayev), 2 nafari falsafa doktori (PhD, M.Atajonov, Z.Temirov), 3 nafar katta o‘qituvchi (M.Habibullayeva, M.Payzullayev, B.Dehqonov) va 4 nafari o‘qituvchi (S.Ergashev, B.Tojidinov, A.Mamajonov, B.Rabiyev, S.Tillaho‘jayev, N. Yuldashev) lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 3 nafar tayanch doktorant (Z.L.Abduvaliyeva, M.Payzullayev, M.Gopirov) mavjud.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.

Bugungi kunda kafedra yosh professor-o‘qituvchilari geografiya fanini rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish maqsadida o‘zlariga dolzarb muammolarga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiya mavzulari tanlab, ular ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra a’zolaridan g.f.n., dots. A.Isaev “O‘zbekiston transport tizimi rivojlanishining geografik jihatlari” mavzusida (DSc), katta o‘qituvchi M.Habibullaeva “Hududlarni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish (9-sinf “Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi” misolida)”, katta o‘qituvchi M.Payzullayev “Andijon viloyati rekreatsion resurslari va ulardan turistik maqsadlarda foydalanish”, o‘qituvchi S.Ergashev “Andijon viloyatida to‘qimachilik sanoatini klasterlash”, katta o‘qituvchi B.Dehqonov “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirishning geografik jihatlari (Andijon viloyati misolida)”, o‘qituvchi Z.Abduvaliyeva “Farg‘ona iqtisodiy rayonida sog‘lomlashtirish maskanlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy geografik jihatlari” mavzulari (PhD) bo‘yicha izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi. 

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilgan.

Kafedrada respublikada kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchu, diametri 120 sm ulkan globus yaratilgan.

Professor M.Mamajonov tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligi (2019), “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” va “Kurs ishlarini bajarish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari (2020), A.Isaev tomonidan Turizm geografiyasi nomli o‘quv qollanma Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Kafedra qoshida “Meteorologiya” maydonchasi mavjud bo‘lib, unda talabalar ob-havoga oid meteorologik kuzatish ishlarini olib boradilar.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, respublika oliy ta’lim muassasalari bilan birga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan Rossiya Federatsiyasi Baltika federal universiteti, Belorus Respublikasi Polotsk davlat universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Jalolobod davlat universiteti bilan hamkorlik olib boradi.

Kafedrada geografiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash uzoq tarixga ega. Kafedraga dastlab 1996-1999 yillarda b.f.d., prof. Maqsudov, 1999-2003 yillarda dots. S.Ro‘zimatov, 2003-2008 yillarda dots. M.Mamajonov, 2008-2011 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2011-2017 yillarda g.f.n. A.Isaev rahbarlik qilgan. 2017-2022 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2022 yildan boshlab esa g.f.n., dots. A.Isaev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki o‘qituvchu-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. O‘sha davrda O‘qituvchilar instituti mavjud bo‘lib, ikki yil davomida o‘rta maktablarning 5-7-sinflar uchun tabiiyot-geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. Institut tarkibida Tabiiyot-geografiya kafedrasi bo‘lib, kafedrada S.Gubaev, T.Abdyllaev, A.Samatov, G.Sh.Ilyasovlar geografiya fanlaridan saboq berishgan.

Kafedrada quyidagi guvohnomalar olingan:

  1. M.Mamajonov tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06445. REESTR: DGU 2019 0397).

  2. Qodirov R.B. va Dehqonov B.M. tomonidan “Geografiyadan amaliy mashg‘ulotlar” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06262. REESTR: DGU 2019 1704) olindi.

  3. Inomjonova D., Isaev A. tomonidan Geoatamalar elektron lug‘atidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma № DGU 17464) olindi.

 

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh geograf” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 40 dan ortiq faol a’zolariga ega.

Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

2019-2020 o‘quv yili aprel oyida ONLINE tarzida bo‘lib o‘tgan respublika fan olimpiadasida Geografiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabasi Nurmatov Abbos faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining III darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Kafedraning yosh iqtidorli olimi Temirov Zokirjon Abdulvohidovich Misr Arab Respublikasiga demografiya kursi bo‘yicha xorijiy ilmiy safarda bo‘lib keldi.

Kafedra xorijiy grantlar doirasida qatnashib, 2019 yilda Handong global universiteti bilan hamkorlikda “Population geography and demography” va “Geografiya selskogo xozaystva” fanlari bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlandi.

Kafedra tomonidan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” mavzusidagi ishlanmasi bo‘yicha “Chin Namuna Zamin”
fermer xo‘jaligi bilan xo‘jalik shartnomasi imzolangan.


Geografiya kafedrasi o‘quv-dala amaliyotlarini o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Urganch, Buxoro davlat universitetlari,
Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Doston hamkor tekstil” MChJ, “Tillavultekstil” X/T, “Bunyodkor Zamin” x/k, “Sarbon kelajak omadi”, MChJ, “Nil Granit” MChJ, “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ va “Quvasoysement” AJ lari bilan shartnomalar imzolangan. Shartnomaga muvofiq geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish o‘quv dala amaliyotlarini mazkur korxonada amalga oshirmoqdalar. Ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Shuningdek, korxonalarning nazariy muammolari yechimini topish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.

 

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.