Kafedra 2011 yilda “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi “Zoologiya” hamda “Biokimyo” kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi sanalib, negizida Zoologiya, Biokimyo, Biologiya o‘qitish metodikasi va O‘simliklar fiziologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) hamda magistr mutaxassislari tayyorlanmoqda.
1931-yilda “Tabiiy fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Bu paytda institutda biologiya, kimyo fanlari o‘qituvchilari tayyorlashda faqat bitta – tabiiy fanlar kafedrasi xizmat qilgan. O‘quv ishlarini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash maqsadida Farg‘ona pedagogika institutining o‘sha paytdagi yetakchi professor-o‘qituvchilaridan S.V.Avrinsev, S.P.Deyneka kabi taniqli olimlar Andijon institutiga taklif qilingan.
1957 yili institutga dotsent (keyinchalik professor) G‘.X.Abdullayev rektor bo‘lib tayinlanganidan so‘ng, kafedra faoliyatida ijobiy tomonga siljish kuzatila boshlandi. U professor-o‘qituvchilar saloxiyatini oshirish, ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarni ko‘paytirish, yangi kafedralar tashkil qilish, ularga ilmiy ishlarga layoqatli bo‘lgan yoshlarni jalb qilishga juda katta e’tibor berdi.
Bu davrda ilmiy tadqiqotlar yakuni sifatida 1 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilinishi, ta’lim tarbiya ishlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
1992-yilda institutga universitet maqomi berilgandan so‘ng kafedra biokimyo-biofizika kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga akademik A.Qosimov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedrada “Biokimyo” va “Biokimyodan amaliy mashg‘ulotlar” kabi darsliklar yaratildi, o‘simlik fiziologiyasi, xususan mintaqamiz qishloq xo‘jaligi uchun dolzarb muammo bo‘lgan yangi paxta navlarini yaratish borasida yirik tadqiqotlar o‘tkazish uchun laboratoriya uskunasi “Fitotron”olib kelinib ishga tushirildi. Uning faoliyati davomida 1997-yilda “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simlik organizmiga ta’siri mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Dastlab tashkil etilgan “Biokimyo” kafedrasiga akademik A.Qosimov (1982-1992), dots. Q.Qo‘chqarov (1992-1999), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga prof. L.Saidboyeva (1999-2001), b.f.n. A.Sheraliyev (2001-2003), “Biofizika va biokimyo” kafedrasiga b.f.n. G‘.Jo‘raqulov (2003-2004), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. E.Xalilov (2004-2007), “Biokimyo” kafedrasiga prof. K.Tojiboyev (2007-2011), “Zoologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. D.S.Tuychiyeva (2011-2015)lar rahbarlik qilganlar. Hozirgi kunda zoologiya va biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari doktori, dotsent A.K.Xusanov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktorlari, 15 nafar fan nomzodlari dotsent, va katta o‘qituvchilar hamda, 17 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Keyingi yillarda kafedra ilmiy salohiyatida o‘sish kuzatildi. A.Xusanov biologiya fanlari doktori (DSc), F.Yuldashev qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha, O.Sobirov, M.Zokirova, M.Jaynaqov, I.Muxammedov, M.Parpievalar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Hozirda kafedra ilmiy salohiyati 50 %ni tashkil etadi.
Kafedrada 2016-yilda F.To‘xtaboyeva, Q.Qo‘chqarov “Biotexnologiyaning ekologik asoslari” o‘quv qo‘llanmalari, 2018-yilda I.Badalxo‘jaev, T.Madumarovlar tomonidan “Sitologiya” darsligi, A.Xusanov, I.Zokirovlarning “Hayvonlar ekologiyasi”, I.Badalxo‘jaev, A.Xusanovlarning “Parazitologiyadan laboratoriya praktikumi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi.
2020-2022 yillar mobaynida dotsent I.Badalxo‘jaevning “Gistologiya”, I.Badalxodjayev, A.Xusanovlarning “Uchebnik po sitologii” (2022), A.K.Xusanovning “Hayvonlar ekologiyasi” (2022) nomli darsliklari, I.Badalxo‘jaevning “Gistologiya va embriologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2021), “Prakticheskie zanyatiya po sitologii” (2021), D. To‘ychievaning “Kletochnaya i gennaya injeneriya”, F.Yuldashev, A.Ummatovlarning “Zoogeografiya” (2021), M.Ikromovaning “Biokimyo asoslari” (2022), D.S.Tuychieva., L.K.Yunusova., G‘.Sh.G‘ulomov, F,To‘xtaboevalarning “O‘simliklar fiziologiyasi” (2022), D.To‘ychievaning “Agrobiotexnologiya” (2022), “Biokimyo va molekulalar biologiya” (2022), “Biotexnologiyaning zamonaviy tadqiqod usullari” (2022), A.K.Xusanovning “Umurtqasizlar zoologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar”, I.Badalxo‘jaev, A.K.Xusanovlarning “Sitologiya”, A.M.Ummatov, A.K.Xusanovlarning “Ornitologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari, I.I.Zokirov, A.K.Xusanov, Sh.X.Yusupovalarning “Sabzavot-poliz agrotsenozlarining adventiv fitofaglari” nomli, I.I. Muxammedovning “Penicillium brevicaule alba-cc200 va aspergillus egypticus-ht166s endofit zamburugʻlaridan olingan oshqozon osti bezi α-amilaza fermenti ingibitorlarini qiyosiy baholash”, M.J.Parpiyevaning “Pestisidlarini organizmga ta’sir mexanizmi va ularni korreksiyalash usullari” nomli monografiyalari, G‘.Sh.G'ulomovning “G'alaba" g'o'za navi uchun” №NAP 00383 patenti, X.A.Sulaymonovning “Jo'jalarni o'stirish va rivojlantirish xossasiga ega stimulator № IAP 06726” patenti, Sh.A.Tashbayevning “Mitselial zamburug'larning kislota hosil qilish xususiyatini dastlabki baholash uchun ekspress-usul № IAP 07072” patentlari olindi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2016-2022 yillarda Zoologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish va yoshartirish istiqbolli rejasi mavjud. 2024 yilga qadar 4 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan.
Kafedrada 2015 yildan buyon 03.00.06 – Zoologiya, 2017 yildan 03.00.01 – biokimyo, 2018 yildan 03.00.12 – biotexnologiya mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim - doktorantura faoliyat olib bormoqda.
2016 yilga kelib kafedraning o‘quv-materiallari yangi olingan avtoklav, bidistillyator, laminar boks, mikrotsentrofuga, vakkum sentrofuga, gomogenizator, mikrotom, mikroskop, lupalar, preparoval asboblar bilan yanada boyidi.
Kafedra pedagoglari jadvali (ko'rish uchun bosing)
Zoologiya kafedrasida 2022-2023 o‘quv yilida jami 80 ta fan bo‘lib, biologiya yo‘nalishi kunduzgi bo‘limida 36 ta, biologiya yo‘nalishi sirtqi ta’limda 17 ta, ikkinchi mutaxassislik sirtqi ta’limda 9 ta, ekologiya yo‘nalishida 1 ta, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishida 3 ta, sport ta’limida 2 ta, magistraturada 12 ta fanlardan dars beriladi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari” 2021 yil 10 sentabrda o‘tkazilgan kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan (Bayonnoma №2).
Kafedraning qo‘shimcha ITI mavzulari:
-
“Ultradisspers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri”;
-
“Toksik gepatitda moddalar almashinuvini o‘zgarishi va ularni mo‘tadillashtirish yo‘llari”; (2014 y. 22 yanvarda o‘tkazilgan ADU Ilmiy Kengashida tasdiqangan (Bayonnoma № 5)).
-
Sut achituvchi bakteriyalarning maxalliy faol shtammlari asosida probiotiklar ishlab chiqarish.
-
Biogazli fermentatsiya asosida mahalliy chiqindilardan olingan organik o‘g‘itni mikrobiologik boyitish va qishloq ho‘jaligi ekinlariga qo‘llash.
-
Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda: “Mikroplastik v vodnыx ob’ektax Uzbekistana: problema i puti reshenii” mavzusida xalqaro-ilmiy loyihasi ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ekologiya va botanika kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar faoliyat olib boradi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh entomolog” hamda “Biotexnolog” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 200 ga yaqin a’zolari “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari”, “Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usul va vositalarini yaratish”, “Ultradispers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri” yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishmoqda.
Biologiya ta’lim yo‘nalishida jami 413 nafar talabalar tahsil olishadi. Xozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatoriga 126 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan.
Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedra bugungi kunda O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zFA Mikrobiologiya ITI, O‘zRFAZoologiya ITI, Nizomiy nomli TDPIlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari kafedra ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish borasida, iqtidorli yosh olimlarni xorij ilmiy safarlariga yuborilishi bo‘yicha biokimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi tayanch doktorant Mamatova Iroda Xitoyning Janubiy-g‘arbiy Xitoy universitetiga 1 yilga stajirovkaga yuborildi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida kafedra o‘qituvchisi J.Xabibullaev 2022 yilning noyabr oyida ERASMUS dasturi bo‘yicha Italiyaning Benevento shaxridagi, Sannio universitetiga tabiiy fanlar bo‘yicha integratsiya jarayonlarini kuzatish maqsadida 7 kunlik stajirovkaga borishi rejalashtirilgan.
Mazkur o‘quv yilida Zoologiya hamda Biologiya va ekologiya kafedralari bilan birgalikda bir innovatsion guruhda innovatsion xamkorlik bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan xamkorlik shartnomalari tuzildi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Andijon viloyati SES, Xo‘jaobod tumani Anor fermer xo‘jaligi.
Amaliy loyihalar bo‘yicha Innovatsiya vazirligining saytiga “Biogazli fermentatsiya asosida mahalliy chiqindilardan olingan organik o‘g‘itni mikrobiologik boyitish va qishloq ho‘jaligi ekinlariga qo‘llash” nomli loyiha muhokama uchun joylandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI