Andijon Davlat
Universiteti
 
NARALIYEVA NASIBAXON MAMANOVNA
Kafedra mudiri, biologiya fanlari doktori
Telefon: +998914840093
E-pochta: n_naralieva@mail.ru

Ekologiya va botanika kafedrasi 1931 yilda “Andijon davlat o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash instituti” bazasida Tabiiy geografiya fakulteti negizida shakllangan. O‘sha paytda faoliyat olib borgan tajribali pedagog-o‘qituvchilarning o‘quv, ta’lim va tarbiya ishlarini juda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan.

Andijon davlat o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash institutini 1963 yilda “pedagogika instituti”ga aylantirilishi asnosida yagona botanika kafedrasi tashkil etiladi va barcha tabiiy fanlar shu kafedra tarkibiga kiritiladi. Shu boisdan ham Botanika kafedrasi universitetning otaxon kafedralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ana shu vaqtlarda kafedradan biologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomiddin Sattiboev, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Odiljon Jalolov kabi fidoiy olimlar yetishib chiqdi.

Shu kunga qadar kafedraga S.Xoliqov (1975-1986;1991-1999), O.Jalolov (1986-1988), A.Dariyev (1988-1991), K.Tojiboyev (1999-2002) T.Madumarov (2002-2006; 2008-2010), N.Noraliyeva (2006-2008), D.To‘ychiyeva (2010-2011), A.Sh.Mamatyusupov (2011-2012), E.Ro‘zmatov (2012-2015) A.A.Imirsinova (2015-2017) boshchilik qilganlar. Hozirda kafedrada biologiya fanlari doktori, dotsent Noraliyeva Nasibaxon Mamanovna kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga kiruvchi Ekologiya va botanika kafedrasida hozirgi kunda 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Shuningdek, kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 4 nafar ichki o‘rindosh va 4 nafar tashqi o‘rindosh sifatida yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

Kafedraning ilmiy salohiyati 61% ni, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi 47 yoshni tashkil etadi.

Hozirda 3 nafar fan doktori, 3 nafar biologiya fanlari nomzodi, dotsentlar, 5 nafar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ustozlar talabalarga mutaxassislik fanlaridan chuqur bilim berib kelishmoqda. Tayanch doktorantlardan Azizbek Abdurazzoqov, Xayrullo Solijonov va Dilorom Nabievalar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya arafasida turibdilar.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan Ulug‘bek nomidagi hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari tayyorlangan. Shuningdek, Ekologiya fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida kafedra yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar 1-2-3 o‘rinlarning sohiblari bo‘lishgan.

Bugungi kunda Ekologiya va botanika kafedrasining professor o‘qituvchilari jamoasi 60710400 – “Ekologiya va atrof-muxit muxofazasi (tarmoqlar va soxalar bo’yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida 120 nafar talabaga, 70710402 -Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha 10 nafar va 70510101 –Biologiya (Botanika) mutaxassisligi bo‘yicha 21 nafar magistrlariga chuqur bilim berib kelmoqdalar.

Kafedra qoshida 2017 yilda 03.00.10-Ekologiya, 03.00.05-Botanika ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura ochilgan bo‘lib, u yerda 1 nafar doktorant va 11 nafar tayanch doktorantlar biologiya va ekologiyaning hozirgi zamon dolzarb muammolari ustida o‘z tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Shuningdek, kafedrada biologiya fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori O‘ktam Pratovning sayi-xarakatlari bilan “Gerbariy markazi” tashkil etilgan bo‘lib, u yerda O‘zbekiston va Farg‘ona vodiysi florasiga oid 2000 dan ortiq o‘simliklarning namunalari saqlanadi. Bu noyob fonddan iqtidorli talabalar, magistrlar va tayanch doktorantlar o‘z tadqiqotlari uchun keng foydalanadilar.

Magistr va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Kafedra kutubxonasi” va “Elektron kutubxonasi” tashkil qilingan. Hozirda kafedra yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar 100 ga yaqin ilmiy adabiyotlar va 300 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi 3 ta grant loyihalari bajarilgan:

ITD №153.4. “Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishning mazmuni va o‘quv metodik majmuasidagi loyixa doirasida bajarildi” (2009-2011)

F 5-19 “Alohida ahamiyatga ega botanik xududlarni tanlash - O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni o‘rganish va saqlab qolishning yangi yo‘nalishi (Farg‘ona vodiysi misolida) (2012-2016);

A 7-21 “Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasini baholash” (2015-2017);

Ekologiya va botanika kafedrasi jamoasi ta’lim tizimida yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida yangi yo‘nalishlar, yangi uslublar va yangi pedagogik texnologiyalar ustida ishlamoqdalar.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.