BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA TALABALARI BILAN OLIB BORILADIGAN AMALIYOTLAR
Amaliyotlar talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari o‘tkaziladi:
O‘quv-tanishuv amaliyoti – iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi, bunda:
Viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga tegishli va boshqa korxona, tashkilot va muassasasalar ob’ektlarida talabalar amaliyotini tashkil qilish, ustoz-shogird tizimi asosida o‘tilishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy hujjatlari, zamonaviy informatsion dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish orqali talabalarning nazariy bilimlari mustaxkamlab boriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kopetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi, bunda:
Talabalar tegishli korxona, tashkilot va muassasasalar ob’ektlarida talabalar o‘quv dasturlarida belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti talabalar nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan bog‘lab, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qiladi.
Bitiruv oldi amaliyoti – ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustaxkamlash, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi.
Talabalar tegishli korxona, tashkilot va muassasasalar ob’ektlarida talabalar kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustaxkamlash, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va ularni tizimlashtirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Pedagogik amaliyot – kasb ta’limi yo‘nalishalri uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi.
Pedagogik amaliyot tegishli ta’lim muassasasalar ob’ektlarida amalga oshiriladi va unda talabalarning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI