KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI
-
Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari
-
Istiqbolli o‘simlik turlarini introduksiya qilish, anatomo-morfologik moslashuvchanligini tadqiq etish.
-
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari
1-yo‘nalish. Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari.
Bu yo‘nalishda kafedra professor –o‘qituvchilari tomonidan grant loyihalar, PhD va DSc dissertatsiyalari, magistrlik ishlari shakllarida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Mazkur yo‘nalish asosan o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish, hayvonot olami va uni saqlab qolish muammolarining chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bugunga qadar bu yo‘anlishda 10 ga yaqin magistrlik, 4 ta PhD, 1 ta DSc dissertatsiyalari tayyorlanib himoya qilindi.
Hozirda kafedraning 4 ta magistri, 2 ta tayanch doktoranti va 1 ta doktoranti Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari tadqiqot yo‘nalishida izlanishlarini davom ettirmoqdalar. Shu kunga qadar bu yo‘nalishda 2 ta amaliy, 1 ta fundamental loyiha ishi bajarilgan.
2-yo‘nalish. Istiqbolli o‘simlik turlarini introduksiya qilish, anatomo-morfologik moslashuvchanligini tadqiq etish.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda, jumladan Farg‘ona vodiysida foydali va dorivor o‘simliklarni introduksiyasi, ularning tuproq iqlim sharoitiga moslashuvchanligi va ulardagi fiziologik o‘zagrishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish rejalashtirilgan. Hozirda bu yo‘nalishda “Andijon viloyati sharoitida Euodia turlarining bioekologiyasi va undan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish istiqbollari”, “Maymunjon o‘simligining yangi navlaprini Farg‘ona vodiysida introuksiya qilish” kabi mavzular ustida izlanishlar olib borilmoqda.
3-yo‘nalish. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari.
Bu yo‘nalish hozirda Farg‘ona vodiysi hududida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan sanaladaigan atmosfera havosini ifloslanishi, chuchuk suv muammolari, suv havzalarini makroplastik va mikroplastik ifloslanishi, tuproq degredatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilik muammolari kabi mavzular mazkur yo‘nalish tadqiiqotlari hisoblanadi.
Ekologiya va botanika kafedrasi doktorantlari to’g’risida ma’lumot
(2023 yil holatiga)
DOKTORANTURA (DSc)
№ |
DOKTORANTLAR |
IXTISOSLIGI |
DISSERTATSIYA MAVZUSI |
ILMIY KONSULTANT |
1-kurs |
||||
1. |
Umarov Farrux Ulugbekovich E-mail: eco_umarov@mail.ru |
03.00.10 – Ekologiya |
Farg‘ona vodiysi buloqlari makrozoobentoslarining bioxilma-xilligi va ekologiyasi (O‘zbekiston) |
Pazilov A.P., Biologiya fanlari doktori, professor, Guliston davlat universiteti; (CV) |
TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)
№ |
DOKTORANTLAR |
IXTISOSLIGI |
DISSERTATSIYA MAVZUSI |
ILMIY RAHBAR |
3-kurs |
||||
1. |
Mamajonov Abrorbek Adiljonovich E-mail: biomamajonov@gmail.com |
03.00.05 – Botanika |
G‘o‘zaning turlararo duragaylarida gulning tarkibiy elementlari va miqdoriy, sifat belgilarining irsiylanishib hamda ular orasidagi kolrrelyativ bog‘liqlik |
Jo‘raqulov G‘.N., Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Andijon davlat universiteti (CV) |
2. |
Xoshimjonova Nazokatxon Nozimjon qizi E-mail: nazokat_asu@mail.ru |
03.00.05 – Botanika |
Introduksiya qilingan ayrim dorivor o‘simliklarning morfologik adaptatsiyalashuvini qiyosiy o‘rganish |
Ro‘zmatov E.Yu., Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Andijon davlat universiteti (CV) |
3. |
Mamadaliyev Bunyodbek Shaxobidin o‘g‘li E-mail: mamadaliev@gmail.com
|
03.00.10 – Ekologiya |
O‘zbekiston respublikasida sug‘oriladigan yerlarni yevapotranspiratsiyasi dinamikasini baholash |
Agzamxonov N.A., Texnika fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti; (CV) |
4. |
Xusanov Saydulloxon Ilyosxon o‘g‘li E-mail: xusanovsaydulloxon@gmail.com |
03.00.10 – Ekologiya |
Andijon viloyati texnogen hududlari o‘simliklar qoplamining monitoringi |
Yuldashev A.S., Biologiya fanlari doktori, professor, Andijon davlat universiteti; (CV) |
2- kurs |
||||
5. |
Sidiqjanov Nodirbek Maxmud o‘g‘li E-mail: n.sidiqjanov@mail.ru |
03.00.05 – Botanika |
Andijon shahri urbanoflorasi (ekologiyasi va bioxilma-xilligi) |
Noralieva N.M., Biologiya fanlari doktori, dotsent, Andijon davlat universiteti; (CV) |
6. |
Ermatova Gulzoda Zakirdjanovna E-mail: gulzoda.ermatova@mail.ru |
03.00.05 – Botanika |
Bromus L. turkumi turlarining reproduktiv strategiyasi |
Imirsinova A.A., Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti; (CV) |
7. |
Qurbonova Mehrioy Zafarbek qizi E-mail: mehrioy@adu.uz |
03.00.05 – Botanika |
Aegilops L.turkumi ayrim vakillarining bioekologik xususiyatlari |
Imirsinova A.A., Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti; (CV) |
8. |
Mirzayeva Saodat Tadjibaevna E-mail: msaodat2021@gmail.com |
03.00.10 – Ekologiya |
Farg‘ona vodiysining mintaqaviy taxdid ostida turgan noyob o‘simlilari va ularning bioekologiyasi |
Noralieva N.M., Biologiya fanlari doktori, dotsent, Andijon davlat universiteti; (CV) |
9. |
Jabborxonov Tursunxo‘ja Qaxramon o‘g‘li
|
03.00.10 – Ekologiya |
Qirtashtov tog‘i o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi |
Noralieva N.M., Biologiya fanlari doktori, dotsent, Andijon davlat universiteti; (CV) |
1-kurs |
||||
10. |
Ismonova Gulmira Shuxratbek qizi E-mail: gulmira87@mail.ru |
03.00.05 – Botanika |
Andijon shahri dendroflorasi va atmosfera havo gulchanglarini morfobiologiyasi |
Dr., Prof. Aykut Guvensen, Ege universiteti (Turkiya); (CV) |
11. |
Ergasheva Gulmira Ostonovna E-mail: g_ergasheva@gmail.ru |
03.00.10 – Ekologiya |
Ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladigan ayrim manzarali o‘tchil o‘simliklarning gulchanglari morfologiyasi va atrof-muhitga ekologik ta’sirini baholash |
Dr., Prof. Aykut Guvensen, Ege universiteti (Turkiya); (CV) |
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI