Andijon Davlat
Universiteti

KAFEDRANING MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA FAOLIYATI

Universitet, fakultet va kafedra miqyosda olib boriladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan tadbirlardan kelib chiqqan holda o‘quv yilining boshida kafedraning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlangan.

Mazkur rejaga muvofiq bunday tadbirlar har yili o‘quv yilining boshlanishida  1 bosqichga qabul qilingan talabalar bilan talabalarga ta’lim muassasasiga moslanish va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun “1-kurs maktabi” turkumiga kiruvchi tadbirlardan boshlanadi.

Har yili O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuniga bag‘ishlab “Mustaqillik” darslari o‘tkazilib kelinmoqda.

Kafedra pedagog xodimlari va talabalarning umummilliy madaniyatini oshirish, mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, keng targ‘ib etish, milliy g‘urur va iftixor tuyog‘usini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi yodimizda”, ”O‘zbekiston jannatmakon diyor”, “Baxtlar vodiysi”, ”Bunyodkorlik yo‘lida” kabi tadbirlar ham muntazam tashkil qilinmoqda.
Vatanga, ona tabiatga dustona munosabatni shakllantiruvchi “Tabiatni asra, asra dunyoni” shiori ostida tashkil qilingan tadbirlar an’naviy shaklda muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Bundan tashkari kafedramizda jamiyatimiz, universitet va kafedramizning ma’naviy – ma’rifiy hayotini yoritib boruvchi burchak tashkil qilingan.

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi faol talaba yoshlaridan tuzilgan ECOSTUDY jamoasining faoliyatidan namunalar:

Talabalar turar joyida olib boriladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiya” va 2030 yilgacha “Yoshlar strategiyasi” si dasturi doirasidagi vazifalardan kelib chiqib Talabalar turar joyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilib, kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan.

Rejaga asosan har o‘quv yilining boshida “TTJ ning ichki tartib qoidalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga va ularni asrab avaylash” mavzusida suhbatlar tashkil qilinib kelmoqda.

Jahon talabalari kuni munosabati bilan talabalar turar joyidagi tadbirlar zalida bayramlar o‘tkazish an’ana tusiga kirgan.

Talaba–yoshlarda Vatanparvarlik, insoniylik, hamjihatlilik fazilatlarini mustahkamlash qolaversa, mafkuraviy yot g‘oyalar va oqibatlariga doir “Diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” turkumiga kiruvchi mavzularda kafedramizning ustoz va murabbiylari tomonidan har oyda turli tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda.

Talabalarda kitobxonlik va kitobga mehr ruhini shakllantirish TTJ da uchun Zakovat intellektual o‘yinlari va Universal quiz turnirlari ham muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

Bundan tashqari talabalar turar joyida turli sport to‘garaklari, kasb hunar to‘garaklari, til o‘rgatishga yo‘naltirilgan to‘garaklar, talaba qizlar uchun tikuvchilik va kulinariya to‘garaklari tashkil qilingan. Barcha to‘garaklarini malakali trenerlar va malakali ustozlar olib borishmoqda.

 

2-Talabalar turar joyining ma'naviyat zalida tadbir

image

image

image

image

 

“Universal quiz” turniri boʻlib oʻtmoqda.

 

image

image

 

Zakovat o‘yinlar davom etmoqda

image

image

 

Viloyat miqyosidagi siyosiy va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish

Ekologiya va botanika kafedrasi ustoz murabbiylari va Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar viloyat miqyosidagi siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol qatnashib kelishmoqda. 

Konstitutsiyamiz qabul kilingan sanaga bag‘ishlab har yili “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida universitet katta tadbirlar zalida talabalar va ustoz murabbiylar ishtirokida Viloyat hukukni muhofaza qilish organlari hamkorligida uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Yoshlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ilk marotaba saylovda qatnashadigan yoshlarning xabardorligini, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik hissini oshirish, ularning ovozi jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi uchun xizmat qilishini yoshlarga yetkazishga “Mening ovozim – Vatanim kelajagi” mavzusida talabalar va ustoz murabbiylar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Ogohlikni men qanday his etaman ?”, “Agar ogoh sen... ”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” va shu kabi ogohlikka da’vat etuvchi turli mavzularda hukukni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida notinch mamlakatlar hayotini lavhalar katta ekranlarda namoyish etib kelinmoqda.

image

image

Bulardan tashqari kafedramiz tahsil olayotgan talabalar har yili Andijon Viloyat hokimligi tashabbusi bilan 14 fevral Buyuk shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanasini keng ko‘lamda nishonlash maqsadida Bobur Milliy bog‘i majmuasida tashkil qilinadigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

 

image

image

 

An’anaviy tarzda 9-may Xotira va qadrlash kunida kafedramiz talaba yoshlari bilan “Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat” loyihasi doirasida muntazam nuroniylar o‘ylariga tashrif buyurib,ularga turli xil chiqishlar bilan dilini shod qilib kelishmoqda.

 

image

image

 

Respublika miqyosidagi tadbirlar, aksiyalar, sport tadbirlari va ishchi guruhlarda ishtiroki

 

Ekologiya va botanika kafedrasi ustoz va murabbiylari, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi talabalari bilan Respublika miqyosida tashkil qilinayotgan tadbirlar, aksiyalar va sport tadbirlarida faol ishtirok etish yo‘lga qo‘yilgan.

«Salomatlik uchun 5000 qadam» aksiyasi davom ettirilib kafedra jamoasi ham bunda faol ishtirok etib kelmoqda.

Talabalar o‘rtasida muntazam sport o‘yinlari va musobaqalar tashkil qilinib kelinmoqda.

Korrupsiyasiz –hayot” aksiyasi doirasida har yili “Koorupsiya hayot kushandasi mavzusida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida tadbirlar rejasi tuzilgan. Andijon viloyati Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bir qator xodimlari bilan Yashil makon loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

image

image

image

image

image

image

image

 

 

 

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.