Andijon Davlat
Universiteti

KIMYO KAFEDRASI

 
 

OTAXONOV QOBULJON QAXRAMONOVICH
Kafedra mudiri kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Telefon:
+998 93 426 36 00
E-pochta: 
kimo_iyut@umail.uz

 

Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi universitet tarkibidagi ilk kafedralardan biri bo‘lib, 1963-yilda Andijon davlat pedagogika universiteti negizida tashkil etilgan. 1963-1971-yillarda kimyo fanlari nomzodi G‘ulomnabi Hakimov Andijon davlat pedagogika institutida kimyo kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 

1971-1981-yilgacha Kimyo kafedrasini dotsent M.Mamadaliyev boshqardi. Shu yillarda kafedrada kimyo laboratoriyalari tashkil etildi, buning uchun alohida bino ajratildi. Kafedra tashkil etilgandan keyin fakultet bitiruvchilaridan 15 nafari kimyo fanlari nomzodi bo‘ldi. K.f.n., dotsent M.Qodirov, k.f.n., dotsent O‘.Obidov, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov, kimyo fanlari doktori, professor N.Madixonov, kimyo fanlari doktori I.A.Abdug‘ofurov, kimyo fanlari nomzodlari, dotsentlar T.Y.Nasriddinov, E. Mirzaboyev, T.Inoqov, kimyo fanlari nomzodi A.G‘.G‘ofurov, texnika fanlari nomzodi H.Isoqov, kimyo fanlari nomzodi O.Muzaff arovlar shular jumlasidandir. Ular viloyatimizning turli oliy o‘quv yurtlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1981-1987-yillar davomida kafedraga k.f.n., dotsent Q.K.Haydarov rahbarlik qildi. 1987-yildan kimyo kafedrasiga iqtidorli olim, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov rahbarlik qila boshladi. 

U mehnat faoliyatini kafedrani ta’mirlash va qayta jihozlashdan boshladi. Ilmiy laboratoriya tashkil etdi. Preparatlar tayyorlash va o‘qituvchilar kabinetini tashkil qildirdi. U hamma kimyo laboratoriyalarini kerakli materiallar bilan ta’minlashga boshchilik qildi. Kabinet va koridorlarni jihozlashda aktiv qatnashdi. Ochiq ma’ruzalar, ma’ruza matnini muhokama qilish, maslahat metodini tashkil etdi, kimyodan diplom ishlarini bajarish va himoya qilishni yo‘lga qo‘ydi. Kafedraning shahar va viloyat maktablari bilan aloqalarini yaxshilashda alohida xizmatlari bor. VO‘MOI bilan aloqalari yanada yaxshilandi. Uning boshchiligida ferrotsen kimyosiga oid katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1992-yilga kelib institutimizga Universitet maqomi berilgach, Kimyo fakulteti tashkil qilindi. Kimyo kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra “umumiy va organik kimyo” va “fi zik va analitik kimyo” kafedralari tashkil etildi. “Umumiy va organik kimyo” kafedrasini professor I.R.Asqarov, “Fizik va analitik kimyo” kafedrasini esa dotsent T.Y.Nasriddinov boshqardi. 1992-1996-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent T.Y.Nasriddinov “Fizik va analitik kimyo” kafedrasining mudiri sifatida kafedra o‘qituvchilarining ilmiy ish faoliyatida, talabalarning bilim olishida Otaxonov Qobiljon Qaxramonovich (Kimyo kafedrasi mudiri) KIMYO KAFEDRASI 76 yuzaga kelgan qator muammolarni yechib, kafedrani universitetning ko‘zga ko‘ringan kafedralaridan bo‘lishida o‘zining munosib hissalarini qo‘shgan olimlardan biridir. T.Nasriddinov organik kimyo sohasida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, bu sohada yechilmagan ko‘p muammolarning bartaraf etilishi yo‘lida samarali ishlar olib bordi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-oktabrdagi 510-sonli qarori bilan Andijon davlat universiteti huzurida kimyo fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/29.2021.K.60.05 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Hozirgi kunda ilmiy kengashda 02.00.09 - “Tovarlar kimyosi” (kimyo fanlari) va 14.00.41 - “Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosliklaridan himoyalar o‘tkazilmoqda. 

Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi Respublikada tanilgan kafedralardan biri bo‘lib, kafedra tarkibida bugungi kunda 32 nafar professor o‘qituvchi va 4 nafar laborantlar faoliyat olib boradi. Kimyo kafedrasining ilmiy salohiyati yuqori darajada bo‘lib, kafedrada 10 nafar fan doktori, 14 nafar falsafa doktorlari ( PhD) , katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.

Keyinchalik turli yillarda ushbu kafedrani k.f.n., dotsent M.Mamadaliyev, k.f.n., dotsent M.J.Xojimatov, k.f.n., dotsent Sh.Ya. Isroilov, k.f.n., dotsent I.A.Abdugafurov, k.f.n., dotsent Sh.X.Abdullayev, k.f.d., professor I.R.Asqarov, k.f.n., dotsent Yu.T. Isayevlar boshqarib kelganlar. Hozirda kimyo kafedrasi mudiri sifatida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Q.Q.Otaxonov faoliyat olib bormoqda


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.