0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“QOLDIRMANG, ONA” NOMLI KITOBNING YURTIMIZDAGI BIRINCHI TAQDIMOTI UNIVERSITETIMIZDA O’TKAZILDI

02 Dekabr 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 115

Muallifi: Olimjonova Dildora
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabasi

Andijon davlat universitetiga Boshqirdiston va Rossiya yozuvchilari uyushmasining a’zosi, Shayxzoda Babich nomidagi Davlat yoshlar mukofotining adabiyot va san’at yo‘nalishi bo‘yicha sovrindori Aygiz Gizzat o‘g‘li Baymuhametov tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida yozuvchini ommaga tanitgan, ko‘plab chet tillariga tarjima qilingan va bir qancha teatrlarda spektakllari qo‘yilgan ota-onasidan erta qolgan bolalar haqidagi "Qoldirmang, ona!" deb nomlangan avtobiografik asarining O‘zbekistondagi birinchi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda yozuvchi bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda yozuvchining muxlislari, mexmonlar, professor-o‘qituvchilar jamoasi, talabalar ishtirok etdilar. O‘zgacha xushkayfiyatda o‘tkazilgan ushbu tadbirni universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A’zamjon Xamraqulov samimiy tabrik va tilaklari bilan boshlab berdi va olib bordi. Tadbir ishtirokchilari yozuvchining "Qoldirma, ona" asari xaqida suhbatlashdilar. Aygiz Baymuxametov ham ijod, adabiy aloqalar va O‘zbekiston haqidagi o‘zining samimiy, ijobiy fikrlarini bildirdi.

Taqdimot ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi, talabalar undan bir olam ma’naviy ozuqa va katta taassurot oldilar. Shundan so‘ng talabalar "Qoldirma, Ona!" avtobiografik asardan parchalar ijro etishdi. Ishtirokchilar bu badiiy chiqishlarni ko‘rib, beixtiyor ko‘zlarga yosh oldilar va go‘yo shu asar ichiga ichida bo‘lgandik his qildilar! Talabalar Aygiz Baymuhametovga yozgan asarlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, savollariga javob oldilar! Yozuvchi talaba muhlislarini ishtiyoqini, uning asarlaridan ijro etilgan parchalarni eshitib, o‘z xayoyajoni va xayratini yashira olmadi.

Taqdimotdan so‘ng yozuvchi Aygiz Baymuxametov talaba muxlislariga o‘z dastxati tushirilgan kitoblarini taqdim qildi. O‘z navbatida mezbonlar va mehmonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini ulashdilar. Uchrashuv yorqin taassurotlarga boy o‘tdi. Aygiz Baymuxametov "Qoldirma, Ona!" asarini o‘zbek tiliga tarjimasi uchun Andijon davlat universiteti filologiya kafedrasiga, M.Temirovaga, M.Sotvoldievga va S.Mirzaevaga o‘z tashakkurini samimiy izxor etdi, shu bilan birgalikda yozuvchi va birga tashrif buyurgan mehmonlar prorektor Azamjon Xamraqulovga tadbirni ko‘tarki kayfiyatda tashkillashtirgani uchun o‘zini minnatdorchiliglarini bildirdilar

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!