0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

JETTISUV DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI UNIVERSITETIMIZDA TAHSIL OLDILAR

23 Noyabr 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 176

Muallifi: To'xtasinov Sherzodbek
Fizika-matematika fakultei 4ME guruh

Andijon davlat universiteti bilan Qozog’iston Respublikasining Ilyas Jansugurov nomidagi Jettisuv davlat universiteti bilan 2018-yilda imzolagan memorandumiga asosan o’zaro hamkorlik aloqalari tez suratlarda rivojlanmoqda. Andijon davlat universitetida “Jettisuv” xalqaro hamkorlik markazi ish faoliyatini boshladi. O’zaro akademik almashinuvi dasturiga ko’ra, ikki universitet talabalari almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

Unga ko’ra, Jettisuv universiteti matematika yo'nalishi talabalaridan 3 nafari: Mukhametnur Arujan, Erg'alin Inju va Erg'azi To'lg'anaylar tashrif buyurdi. Ular joriy yilning 4-sentabridan 18-noyabrigacha universitetimizda tahsil oldilar. Bunda universitetimizda tashkil etilgan “Jettisuv” xalqaro hamkorlik markazi katta yordam berdi.

O'qish davomida Qozog'iston Talabalar matematika yo'nalishning 2МЕ-guruhida Ingiliz tili, Nazariy mexanika, Umumiy fizika, Matematik analiz, Algebra va sonlar nazariyasi, Differensial geometriya va topologiya, Diskret matematika va matematik mantiq, Oddiy differensial tenglamalar fanlaridan tahsil olib, o’z bilimlarini oshirdilar.

O’qish davri davomida talabalarga yetarlicha sharoit yaratib berildi. Ular 2-talabalar turar joyiga joylashtirilib, dars qilish uchun o'quv zali, axborot resurs markazi va uzluksiz WiFi tizimidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Erg'alin Inju o’qish davomida olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashib, “…mana uch oydan ortiq vaqt davomida bu yerda o’qidik. Bizga kirgan muallimlar chuqur bilimga ega ekan, ayniqsa, nazariy jihatdan ancha kuchli. Talabalar ham juda yaxshi munosabatda bo’lishdi. O’zi tariximiz bir, qondosh millatmiz shuning uchun bo’lsa kerak mehmondo’stlik bobida o’zbek tengdoshlarim bizdan kam emas. Xushmuomila, erkin fikrli, muloqot madaniyati yuqori. Andijon ham juda go’zal shahar ekan. Xalqaro talabalar forumida bunga yana bir bor ishonch hosil qildim. Umumiy xulosa qilsam, universitetda o’qish yaxshi yo’lga qo’yilgan, xalqingiz mehmondo’st, shahringiz juda ajoyib ekan. Fursatdan foydalanib, bizni o’qitgan ustozlar S.Axmedov, N.Yunusov, T.Nishonovlar, bizga katta yordam bergan fakultet dekani M.Mahkamovga, kursdosh do’stlarimizga katta rahmat aytaman.”

Mehmon talabalar almashinuv dasturi yakunida o’zlashtirgan fanlari bo’yicha sertifikatga ega bo’ldilar.

Eslatib o’tamiz, universitetimiz va Qozog‘iston Respublikasi Jettisuv davlat universiteti o’rtasida 2018-yil 4-oktabrida hamkorlik memorandumi imzolangan.     

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!