0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“MANGU YASHNA O'ZBEKISTON BAYROG'I”!

22 Noyabr 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 173

Muallifi: Dildora Nurmirzayeva
www.adu.uz muxbiri

Kuni kecha, 21- noyabr kuni Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti 102-guruh talaba-yoshlari tomonidan "Mangu yashna O'zbekiston bayrog'i" va "Talabalik – oltin davrim" mavzularida madaniy-ma'rifiy va ko'ngilochar tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Madhiyasini ijro etishdan boshlandi. Barcha jo'rlikda zo'r shukuh bilan ijro etdi. Shundan so'ng universitet  A'zamjon Hamraqulov o'zining talaba-yoshlarga bo'lgan samimiy tilaklarini bildirgan holda ochib berdi. Andijon viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi "Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash" markazi kursantlarining chiqishlari barchaning qalbida jo'sh urib turgan Vatanga bo'lgan muhabbat va vatanparvarlik hissini mavjlantirib yubordi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Tadbir davomida g'urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzi hisoblangan bayrog'imizni madh etuvchi she'rlarni ijro etishdi.  Shu bilan birga 17- noyabr "Xalaqaro talabalar kuni" munosabati bilan tayyorlagan chiqishlari bilan o'zlarining qalblaridagi eng samimiy tilaklari va niyatlarini talaba-yoshlarga arg'umon etdilar.

Tadbir davomida dilbar va sho'x qizlar ijrosidagi ajoyib raqslar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi. Ayniqsa, talaba-yoshlar maxsus ko'ngilochar sahna ko'rinishlari bilan barchaning kayfiyatini yuqori darajaga ko'tarishga muvaffaq bo'ldilar va tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar ong-u shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg'ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo'lgan ramzlarimizni asrash va ulug'lashga qaratilgan edi va bunga erisha oldi desak, adashmagan bo'lamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!