0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETDA INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI TOMONIDAN SEMINAR O'TKAZILDI

18 Oktyabr 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 370

Muallifi: S.Shamsitdinov. N.Mirzaalimov

2019-yil 17-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish” mavzusida seminar o'tkazildi.

Seminarda Andijon davlat universitetning professor-o’qituvchilari va yosh olimlari, Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali, Andijon davlat tibbiyot institute hamda Andijon mashunasozlik institute oliygohlarining professor-o’qituvchilari va yosh olimlari seminatda ishtirok etdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining vakillari Raxmonov Sunnatulla va O’rinboyev Abdujalil tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish”, “intellektual mulkning patentga layoqatliligi", talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari” to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!