0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TOMSK DAVLAT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO'TARILADI

03 Oktyabr 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 148

Muallifi: Axborot xizmati

Kecha, 2-oktabr kuni Andijon davlat universitetiga Tomsk davlat universiteti vakillari xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Artyom Yurevich Rikun hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Sergey Mironovich Yun tashrif buyurdilar.

Andijon davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlarga Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsutdinov hamrohlik qildi.

Tomsk davlat universiteti vakillari dastlab universitet rektori Akramjon Yuldashev qabulida bo’ldilar va hamkorlik istiqbollari bo’yicha muzokara olib bordilar. Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo’nalishlari belgilab olindi. Xususan, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, fan dasturlarini o’zaro almashish va moslashtirish, professor-o’qituvchilarni malaka oshirish, stajirovka, doktoranturaga yuborish hamda eng asosiysi, ikki tomonni birdek qiziqtirayotgan qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish istiqbollari ko’rib chiqildi. Tomsk davlat universiteti vakillari Arxivshunoslik, Fizika, Biologiya yo’nalishlarida qo’shma ta’lim dasturlari ochish imkoniyatlari o’rganildi. Ilmiy sohada hamkorlik qilish, konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Shundan so’ng, mehmonlar Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakultetlari o’quv jarayoni, laboratoriya xonalari bilan tanishdilar, Tarix fakultetida dars jarayonlariga kirib, talabalar bilan suhbat o’tkazdilar. Shuningdek, professor Raimjon Aliyev bilan ushrashib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi bilan tanishdilar. Suhbat davomida Optika, Radiofizika hamda Mexatronika yo’nalishlari bo’yicha ilmiy hamda akademik hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

A.Y.Rikun hamda S.M.Yun kunning ikkinchi qismida Iqtisodiyot kafedrasiga tashrif buyurib, ushbu yo’nalishda ham hamkorlik olib borish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, Marketing yo’nalishi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi ochish bo’yicha takliflar o’rganildi. Shundan so’ng, universitet tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.

Ma’lumot uchun, Tomsk davlat universiteti Rossiyaning Osiyo qismida ochilgan birinchi universitet bo’lib, 1878-yilda asos solingan. Tomsk davlat universiteti Rossiyada oliy ta’lim tizimi liderlaridan bo’lib, 5-100 Dasturiga ko’ra kuchli 7 talikka kirgan. QS jahon universitetlarining 2019-yilgi reytingida 268-o’rinda qayd etilgan.      

    

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!