0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI AKRAMJON YULDASHEVNING UNIVERSITET PROFESSOR-O’QITUVCHILARIGA BAYRAM TABRIGI

30 Sentyabr 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 184

Muallifi: Akramjon Yuldashev
Andijon davlat universiteti rektori

Aziz ustozlar va muallimlar!

Kelajakda o‘qituvchi kasbini egallovchi aziz talabalarim!

Barchangizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umuxalq bayrami bilan chin qalbdan qutlayman.

Bizning kasbimiz dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga faqat yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir. Biz yoshlarga ilm, bilim berish bilan ularni ziyo olamiga olib kiramiz – kelajagi uchun tamal toshini qo‘yamiz.

Barcha sohalarda shiddat bilan odimlayotgan O‘zbekistonimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq. Bu borada Andijon davlat universitetida ham islohotlarga hamohang tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda va qator yutuqlarga erishilmoqda. So‘nggi yillarda Andijon davlat universiteti jamoasi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida ham professor-o‘qituvchilarimizning mehnati, zaxmati mujassam. Xususan, yaqindagina universitetimiz talabalaridan 5 nafari nomdor Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgani, sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida, volleybol bo‘yicha O‘zbekiston superkubogida g‘olib bo‘lgani barchamizni quvontirdi.

Fursatdan foydalanib, ustozu talabalarni bayram bilan qutlar ekanman, sog‘lik va salomatlik, tashabbus va ijodkorlik, samimiylik va kamtarlik, adolatlilik va halollik tilab qolaman.   

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!