0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YOSHLAR FESTIVALIGA START BERILDI: “BESHTA MUHIM TASHABBUS – YOSHLARIMIZNING ERTANGI KUNI ISTIQBOLIDIR”

26 Sentyabr 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 160

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat universitetida 26 sentabr kuni “Beshta muhim tashabbus – yoshlarimizning ertangi kuni istiqbolidir” deb nomlangan Yoshlar festivaliga start berildi. Festival uch kun davom etishi rejalashtirilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarimizni iste’dodini yuzaga chiqarish asosiy mexanizmiga aylanib ulgurdi. Andijon davlat universitetida o’tkazilgan yoshlar festivalidan ko‘zlangan maqsad ham aynan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Ushbu festivalda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalari jamoalari, madaniyat, san’at, sport va boshqa turli soha vakillari, talabalar, professor-o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillar ishtirok etdilar.

Mehmonlar e’tiboriga Andijon polkasiga bag’ishlab o’tkazilgan fleshmobning havola etilishi barchaning kayfiyatini ko’tarib yubordi.

Festival mehmonlari universitet yigitlari ijrosidagi “Andijon polkasi” raqsi bilan kutib olindi. Yigitlarni shijoat bilan ijro etgan raqsi yig’ilganlarni birdek quvontirdi va festival avvalidan ko’tarinkilik baxsh etdi.

Dastlab festivalni Andijon viloyati hokimligi Yoshlar, ijtimoiy iqtisodiy masalalar kotibiyati mudiri A.Mirkomilov ochib, viloyatimizda “Prezidentimiz tashabbusiga tashabbus bilan javob beraylik” shiori ostida o’tkazilayotgan “Yoshlar festivali” Andijon davlat davlat universitetida o’zgacha ruhda tashkil etilayotganiga urg’u berdi. Shundan so‘ng, universitet rektori A.Yuldashev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni festival mazmuni bilan tanishtirib, barchani tashkil etilgan festival sayliga taklif etdi.

Festivalning birinchi kuni muhim tashabbuslarning birinchisiga bag‘ishlanib, dasturga ko‘ra tasviriy san’at asarlari galereyasi namoyishi tashkil etildi. Universitetda faoliyat yuritayotgan kafedralar tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar, kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, o’quv faoliyatini yorituvchi yarmarka tashkil etildi. Universitet talabalarining “Qo‘g‘irchoq teatri” jamoasining chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik, kulolchilik san’ati na’munalari ko‘rgazmasi otkazildi. Qayd etish joizki, universitetning hunarmand qizlari tomonidan tayyorlangan milliy qo’g’irchoqlar va liboslar yig’ilganlarga birdek manzur bo’ldi.

Talabalar teatr studiyalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini o’zida aks ettirgan “Andajonim qoldi” deb nomlangan sahna ko’rininishi namoyish etildi. Universitet talabalari o’rtasida “Besh tashabbus yosh ijodkorlar nigohida” shiori ostida rasmlar tanlovi o’tkazildi. Unda iste’dodli talaba yoshlarimiz o’z mahoratlarini ko’rsatgan holda chiroyli rasmlar ishladilar. Ushbu rasmlarni tomosha qilish mobaynida festival mehmonlarini zavq va hayrat hissi qamrab oldi. Ayniqsa, festivalda ishtirok etgan maktab yoshidagi bolajonlarning yuz-ko’zlarida tasviriy san’atning sehrli olamiga kirish istagi sezilib turdi.

Mehmonlarni Informatika o’qitish metodikasi 1-bosqich talabasi Qodirjonov Oyatillo tomonidan tabiatni, ekologiyani asrashni targ’ib etuvchi rasmlari hayratga soldi. Oyatilloning jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay ana shunday san’at asarlarini yaratishi boshqa tengdoshlariga katta o’rnak bo’lishi shubhasiz.

 

Festival doirasida beshta tashabbusni aks ettiruvchi turli tanlovlar: talabalar o‘rtasida qo‘shiqlar tanlovi, she’rxonlik va ifodali o‘qish tanlovlari tashkil etildi. Tanlovda ayniqsa, San’atshunoslik, Filologiya, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, festival doirasida milliy taomimiz palov tayyorlash bo‘yicha fakultetlararo talaba yigitlar o‘rtasida "Osh chempionati" o‘tkazildi.

Festival tom ma’noda yoshlar bayramiga aylanib ketdi, kuy-qo’shiqlar, san’at na’munalari galereyalari, Andijon polkasiga bag’ishlab uyushtirilgan fleshmob barchaga unutilmas xotiralarni taqdim etdi.

27-28 kunlari ham Andijon davlat universitetida 5 tashabbus ijrosiga bag‘ishlangan yoshlar festivali davom etadi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!