0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TARIX FAKULTETI TALABALARI UCHUN "OWEEK" TADBIRLARI TASHKIL ETILDI

09 Sentyabr 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 95

Muallifi: Axborot xizmati

Barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Andijon davlat universitetida ham 2019-2020 o‘quv yiliga start berildi.

Universitet ma’muriyati talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan 1-bosqich talabalarini universitetga moslashuviga alohida e’tibor qaratish maqsadida, “Orientation week” - “Tanishtiruv haftaligi” o’tkazilmoqda. Barcha fakultetlar talabalari universitetdagi o’quv jarayoni, markazlar va bo’limlar faoliyati bilan tanishtirilmoqda.

Shuningdek, fakultetlar uchun universitet rahbariyati bilan alohida uchrashuvlar o’tkazilib, ularning turli yo’nalishlar bo’yicha barcha savollariga javoblar berilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 7-sentyabr kuni Tarix fakultetining Tarix, Arxivshunoslik, Ijtimoiy madaniy faoliyat, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishlarining 110 dan ortiq birinchi bosqich talabalari uchun o’tkazildi.

Uchrashuv barchaning O'zbekiston Respublikasi madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Uchrashuvda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Azamatjon Mamatyusupov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov, universitet kasaba uyushma qo’mitasi raisi Mirzabahrom Botirov, marketing bo’limi boshlig’i Salohiddin Shamsitdinov, fakultet dekani Ravshanbek Shamsitdinov, dekan o’rinbosarlari, guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

Dastlab A.Mamatyusupov yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo’lganliklari bilan tabrikladi va universitetdagi o’quv jarayonini tashkil etilishi, talabalar akademik hayotiga oid taqdimotlar: baholash tizimi,  oraliq, yakuniy nazorat imtihonlarining o‘tkazilish tartibi, qayta topshirish tartibi,  talablar o‘qishini ko‘chirish tartibi tanishtirdi.

Shundan so’ng so’z olgan yoshlar bilan ishlash bo’yicha universitetda yoshlar bilan ishlash mexanizmi, grantlar, forumlar, festivallar, konferensiyalar,  sport chempionatlari,  ko‘ngilochar joylarga tashrif, fakultet va Talabalar turar joylari o‘rtasida musobaqalar kabilar haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida M.Botirov talabalarga yuzlanib, universitet kasaba uyushma qo‘mitasi ularni xar qanday xolatda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Suhbatning eng qizg‘in va savol javoblarga boy qismi marketing bo‘limi boshlig‘i bilan davom etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan va shartnoma xamda stipendiya masalasidagi 30 ga yaqin savollarga javob berildi.

Uchrashuvning so‘nggi qismida fakultet dekani R.Shamsitdinov talabalarga o‘qish davomida bir daqiqa vaqtni ham bekor ketkizib bo‘lmasligini, kitob mutolaasini kundalik mashg‘ulotga aylantirish lozim ekanini ta’kidladi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!