0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON VILOYATI ARXIV ISHI BOSHQARMASI UNIVERSITETDA KO’RGAZMA TASHKIL ETDI

06 Sentyabr 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 193

Muallifi: Nodirbek Zuhriddinov
Andijon viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshlig'i

Bugun, 5 avgust kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosida Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan noyob hujjatlar va rasmlaridan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.

Ma’lumki joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini tashkil etilganiga 100 yil to‘ladi. Ushbu tarixiy sanani munosib kutib olish maqsadida hukumat tomonidan “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan. Ushbu chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha viloyatlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Universitetda tashkil etilgan ko’rgazma ham ayni shu maqsadda tashkil etilgan. Ko‘rgazmaga Andijon viloyat davlat arxivi hamda Asaka, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tuman davlat arxivlarining tashkil etilishi tarixi, kechagi va bugungi kunini aks ettiruvchi suratli hujjatlar va davlat arxivlarida saqlanayotgan XX asr boshlaridan tortib shu kunga qadar bo‘lgan viloyatimiz tarixiga oid noyob tarixiy hujjatlar eksponat sifatida joylashtirildi.

Ko‘rgazma bilan tanishgan Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalariga viloyatimiz davlat arxivlari mutaxassislari ko‘rgazma eksponatlariga qo‘yilgan arxiv hujjatlari va tarixiy rasmlar bo‘yicha tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Ayniqsa, Arxivshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalarida ko’rgazma alohida qiziqish uyg’otdi. Ularga saqlov birliklari, arxiv hujjatlarini ekspertiza qilish jarayoni, tarixiy hujjatlarni saqlash usullari bo’yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligiga bag’ishlangan asosiy tadbirlar joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘tkaziladi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!