0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

OLIY TA'LIM VAZIRLIGI XABAR QILADI: TO’LOV KONTRAKT MIQDORLARI BELGILANDI, ENDI STIPENDIYALI YOKI STIPENDIYASIZ SHAKLDA TO'LOV-KONTRAKTDA O'QISH MUMKIN

05 Sentyabr 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 703

Muallifi: Axborot xizmati

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berilmoqda.

Ushbu xabarga ko‘ra, birinchidan kontrakt summalari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog’landi.

Ikkinchidan, endi talabalar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklida to’lov kontrakt shaklida o’qish mumkin.  

turli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov kontrakt summalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son Farmoni 1-bandiga ko‘ra mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ya’ni 634 880 so‘mning barobari miqdorida belgilanadi.

Barcha ta'lim yo'nalishlari to'lov-kontrakt miqdorlarini bilish uchun "ko'chirib olish" so'zini bosing. Ko'chirib olish.

Masalan, bakalavriatning kunduzgi* ta’lim shaklida

  • Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim, gumanitar fanlar, matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, ijtimoiy ta’minot, atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat havfsizligi yo‘nalishlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ya’ni 634 880 so‘mning 17 barobari (10 792 960 so‘m) miqdorida;
  • Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish sohasi ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 18 barobari (11 427 840 so‘m) miqdorida;
  • San’at ta’lim yo‘nalishlarida 634 880 so‘mning 19 barobari (12 062 720 so‘m) miqdorida;
  • Iqtisod ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 21 barobari (13 332 480 so‘m) miqdorida belgilandi.

Magistratura va ikkinchi mutaxassislik kunduzgi* ta’lim shakllarida esa quyidagicha:

  • Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim, gumanitar fanlar, matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, ijtimoiy ta’minot, atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat havfsizligi yo‘nalishlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ya’ni 634 880 so‘mning 19 barobari (12 062 720 so‘m) miqdorida;
  • Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish sohasi ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 20 barobari (12 697 600 so‘m) miqdorida;
  • San’at ta’lim yo‘nalishlarida 634 880 so‘mning 21 barobari (13 332 480 so‘m) miqdorida;
  • Iqtisod ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 23 barobari (14 602 240 so‘m) miqdorida

Ta’limning sirtqi va kechki shakli bo‘yicha to'lov kontrak miqdorlari kamaytirilgani kuzatiladi:

  • Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim, gumanitar fanlar, matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, ijtimoiy ta’minot, atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat havfsizligi yo‘nalishlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ya’ni 634 880 so‘mning 10 barobari (6 348 800 so‘m) miqdorida;
  • Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish sohasi ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 11 barobari (6 983 680 so‘m) miqdorida;
  • San’at ta’lim yo‘nalishlarida 634 880 so‘mning 12 barobari (7 618 560 so‘m) miqdorida;
  • Iqtisod ta’lim yo‘nalishlari 634 880 so‘mning 14 barobari (8 888 320 so‘m) miqdorida belgilandi.

*Eslatib o’tamiz! Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli hamda magistratura mutaxassisligidagi talabalarga bir yillik stipendiya to’lash bilan bog’liq harajatlar ko’zda tutilgan bo’lib, stipendiyasiz shakldagi to’lov mazkur miqdorlar tarkibidan qonun hujjatlari bilan belgilangan stipendiyaning bir yillik miqdori chegirilgan holda amalga oshiriladi. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt to’lab ta’lim olishga ruxsat beriladi va ulardan bir yillik stipendiya miqdori chiqarib tashlanadi va kontrakt uchun qolgan summa to’lanadi.

Sirtqi va maxsus sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga stipendiya to'lanmaydi.

Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to’lov-kontraktn qiymati miqdorlari navbatdagi o’quv semestri boshidan mos ravishda oshiriladi.  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!