0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

VILOYAT HOKIMI “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI”GA TASHRIF BUYURDI

04 Sentyabr 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 122

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 4 sentabr kuni Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida “31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, diniy ulamolar, ta’lim sohasi vakillari, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Xotirlash marosimida Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga duolar qilindi. Elga osh tortildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan tanishtirildi. Muzey direktori professor Rustambek Shamsutdinov viloyat hokimini barcha ekspozitsion zallar va eksponatlar bilan batafsil tanishtirdi. Shuhratbek Abdurahmonov muzey eksponatlari bilan tanishdi xamda unga yuqori baho berib, “...viloyatimizda yoshlarni o‘z tarixini o‘rgatishga, milliy g‘ururni shakllantirishga, ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan bunday muzeyning borligi ochig‘i meni juda xursand qildi. Ushbu muzey bilan kerak bo‘lsa, butun viloyatimiz yoshlarini tanishtirish ayni davr talabi. O‘ylamanki, bu muzey uzoq yillar o‘z ona yurtimizning xasratli va shonli o‘tmishini o‘rganishda xalqimizga xizmat qiladi,” – deya o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, viloyat hokimi tashrif davomida mutasaddi xodimlarga Andijon tarixi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, undagi eksponatlar, haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va viloyat televideniyasida namoyish qilish, yosh avlod vakillarini muzeyga tashrifini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuhratbek Abdurahmonov tashrif so‘nggida ushbu muzey direktori, uning ochilishi tashabbuskori va tashkilotchisi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Rustambek Temmirvich Shamsutdinovga viloyatda yagona ana shunday “ibratxona” tashkil etishdagi jonkuyarligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida bu faoliyatni xar tomnlama qo‘llab quvvatlashga va’da berdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, universitet tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” 2018 yil 31 avgustda o‘z faoliyatini boshlagan. Shu qisqa davr ichida uning fondlari xar tomonlama boyitildi. Unda turli davrlarga ixtisoslashgan 8 ta ekspozitsion zal va 10 mingga yaqin eksponatlar mavjud.     

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!