0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DIQQAT TANLOV! YUNESKO YOSH OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN XALQARO GRANT TANLOVINI E’LON QILADI

20 Avgust 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 451

Muallifi: Farxod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Hurmatli iqtidorli magistr va tadqiqotchi ilmiy xodimlar!

Sizlarga mamnuniyat bilan ushbu yangilikni ma’lum qilamiz.

YuNESKO tashkiloti Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda ta’sis etilgan ushbu davlatning sobiq Bosh vaziri Keyzo Obuchi nomli grantlariga 2019 yil uchun tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlovda magistr yoki undan yuqori ilmiy unvonga ega bo‘lgan, 40 yoshdan oshmagan, ilmiy muassasalarda tadqiqot olib borayotgan, ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ushbu tanlov natijalariga muvofiq dunyoning turli mamlakatlaridan 10 nafar yosh va iqtidorli mutaxassislar quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • Atrof-muhit (tabiiy talofatlar ta’sirini kamaytirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar);
  • Madaniyatlararo muloqot;
  • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari;
  • Mojarolarni tinchlik yo‘li orqali hal etish.

Ilmiy tadqiqot olib borish muddati: 2020 yil iyun – 2022 yil fevral oyi oralig‘ida kami bilan – 3 oy, eng ko‘p muddat 9 oy davom etadi.

Barcha kerakli ma’lumotlar bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishishingiz mumkin: http://en.unesco.org/fellowships/keizo-obuchi/institutional-page/new-cycle-2019

Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. Tanlovga pasport bilan qatnashishi talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitetning xalqaro aloqalar bo‘limiga (128 xona) murojaat etishingiz so‘raladi.

Telefon: +998902172076 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!