0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY DAVLATLAR OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIKDAGI QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

03 Avgust 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 1035

Muallifi: Axborot xizmati

 Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda:

  • Bakalavriatura: Texnologik ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.
  • Bitiruvchilarga O‘zbekistonda va Belorus Respublikasida tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;
  • O‘qish bakalavriatura bo‘yicha ikki yil ADUda, ikki yil Polotsk davlat universitetida olib boriladi.

 

Rossiya Federatsiyasining N.P.Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda: 

  • Bakalavriatura: Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta;
  • Magistratura: Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha. Kvota 4 ta.
  • bitiruvchilarga O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;
  • Bakalavriatura bo‘yicha ikki yil ADUda, ikki yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida;
  • Magistratura bo‘yicha bir yil ADUda, bir yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida;

 Ta’lim shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida);

 Kirish imtihonlari:

  • DTM tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovi (rus tilida)

Texnologik ta’lim yo‘nalishiga: Fizika, Matematika, Ona tili va adabiyoti (rus tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili ta’lim yo‘nalishiga: Ona tili va adabiyoti (rus tili), Tarix, Chet tili

  • xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan suhbat (imtihon) (rus tilida)dan iborat.

 Abiturientdan talab etiluvchi hujjatlar:

o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi)

ariza (rus tilida to‘ldiriladi);

6 dona 3.5x4.5 rasm

  • Hujjatlarni qabul qilish muddati: 10 avgustga
  • Shartnoma summasi: 2000$

Eslatma: qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olgan yoki olayotgan bo'lsa, fuqaroning o'qishi ko'chirilmaydi va qayta tiklanmaydi. (Qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: (74) 223 88 30, (90) 217 20 76, (93) 244 69 56

E-mail: agsu_info@edu.uzwolffar7@mail.ru  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!