0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DAVLAT KOMISSIYASI QAROR QILADI: JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI SIRTQI BO‘LIMIGA QO‘SHIMCHA O‘RIN AJRATILDI, QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA KIRISH TARTIBI BELGILANDI

11 Iyul 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 575

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan quyidagi OTMlarga qo‘shimcha joy ajratildi.

Bu haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegram kanali edu.uz kanali xabar bermoqda.

Unga ko’ra Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt  asosida qo‘shimcha 200 ta o’rin ajratildi. 

Shuningdek xabarda aytilishicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistratura mutaxassisligiga ham davlat granti asosida qo‘shimcha 10 ta o’rin ajratilgan.

Bundan tashqari, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o'tkazish tartibi ham belgilandi. Unga ko'ra, qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni qabul qilish ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqichda abiturientlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadilar;

2-bosqichda abiturientlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!