0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ASOSIY MAQSAD – TA’LIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA MUROSASIZLIKNI SHAKLLANTIRISH

10 Iyul 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 336

Muallifi: Axborot xizmati

2019-yil 9-iyul kuni universitetimizda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati prokurori birinchi o’rinbosari, adliya maslahatchisi K.Yulbarsov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i D.Umaraliev va universitet professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni universitet rektori A.S.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i D.Umaraliev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 27-may kungi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini mazmun mohiyatini tushuntirib, joriy yilning birinchi choragida sodir etilgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqargan shart-sharoitlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Oliy ta’lim tizimida ham mana shunday korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, unga qarshi kurashishi va bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu mamlakat kelajagiga rahna solib, jamoa orasida ham targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada ko‘paytirish, professor-o‘qituvchilar ongida korrupsiya juda yomon salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishini singdirish asosiy vazifaga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari, adliya maslahatchisi K.Yulbarsov so‘z olib, o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga qarshi keskin kurash amalga oshirilayotgani, bu boradagi jinoyatlarni profilaktikasi bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilayotganini qayd etib o‘tdi.

Ma’ruzachi oliy ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarining qayd etilishi O‘zbekiston taraqqiyotiga eng katta to‘siq bo‘lishini qayd etdi. Xususan, 2018 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida 67 nafar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortilgan, shundan 34 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va talon-toroj qilishda, 15 nafari firibgarlikda, 15 nafari poraxo‘rlikda ayblangan. Bu kabi holatlar oliy ta’lim tizimi rivoji uchun katta to‘siqqa aylanmoqda. O‘tgan xaftada universitetda ham shunday holatlar sodir etilgani korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurash olib borishda qiladigan ishlarimiz bisyor ekanligini ko‘rsatib berdi.

Ma’ruzalardan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilariga ta’lim tizimida yuz bergan korrupsion holatlar va uning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi videorolik namoyish etildi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!