0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

5 YIL MEHNAT STAJIGA EGA BO‘LGANLARNI TAVSIYANOMA BILAN QABUL QILISH TARTIBI TASDIQLANDI. TAVSIYANOMA BERUVCHI TASHKILOTLAR RO’YXATI BILAN TANISHING!

10 Iyul 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 1011

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2019/2020 o‘quv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Shuni alohida qayd etib o'tish lozimki, Andijon davlat universitetida mavjud sirtqi ta'lim yo'nalishlari

Informatika o‘qitish metodikasi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Pedagogika va psixologiya

Musiqa ta’limi

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish

Maktabgacha ta’lim

Jismoniy madaniyat

Texnologik ta’lim

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

Biologiya (turlari bo‘yicha)

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) uchun tavsiyanoma beradigan tashkilotlar ushbu ro'yxatga kiritilmagan. Demak, Andijon davlat universitetiga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amalga oshirilmaydi va hujjatlar ro'yxatga olinmaydi

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

- pasportning nusxasi;

- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

- abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning  ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar bilan suhbatlar

10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

 

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining

RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
  6. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi.
  9. “O‘zbekiston standartlashtirish,         metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
  10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi.
  11. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi.
  12. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
  13. O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi.
  14. “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi.
  15. Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi “O‘zbekoziqovqatzaxira”.
  16. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi.
  17. O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi.
  18. O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi.
  19. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati.
  20. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi.
  21. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi.
  22. Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasi.
  23. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi.
  24. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati.
  25. “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi.
  26. “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi.
  27. “O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi.
  28. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi.
  29. “O‘zneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi.
  30. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi.
  31. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati.
  32. Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi.
  33. “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!