0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ABITURIENTLAR DIQQATIGA! QANDAY QILIB TO‘LOVLARNI NAVBATDA TURMASDAN, 5 DAQIQADA ELEKTRON TO‘LASH MUMKIN?

08 Iyul 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 384

Muallifi: Axborot xizmati

Xushnudbek.uz telegram kanalida “Qabul – 2019” jarayonlarida to’lov qilishi lozim bo’lgan abituriyentlar uchun qulaylik haqida ma’lumotlar beruvchi post qo’yildi. Ushbu postni e’tiboringizga havola etamiz.

Agar Siz hujjat topshirish payti bank kassalarida soatlab navbatda turishni niyat qilgan bo‘lgansiz, unda darhol bu shashtingizdan qayting.

Quyidagilarni yaxshilab o‘qib oling hamda qimmatli vaqtingizni va asablaringizni asrab qoling.

Elektron to‘lov qilish aslida juda va juda oddiy. Atayin o‘zimda sinab ko‘rdim. 5 daqiqa ham ketmadi. Buning uchun quyidagi 4 ta ishni bajarasiz:

1) pay.dtm.uz saytiga kirasiz. Chiqqan maydonchaga pasport ma’lumotingiz va telefon raqamingizni kiritasiz hamda «Yaratish» tugmasini bosasiz;

2) shunda ekranda kvitansiya paydo bo‘ladi. Agar banklar orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu kvitansiyani printerdan chop etishingiz kerak. Lekin men aytayotgan usulda chop etish ham shart emas. Shunchaki 14 ta raqamdan iborat invoys raqamini ko‘chirib olsangiz (yozib olsangiz) bo‘ldi;

3) endi elektron to‘lov qilishga o‘tamiz. Buning bir nechta yo‘li bor:

a) o‘sha kvitansiyani tagida «plastik karta orqali to‘lash» degan tugmani bosish;

b) https://pay.upay.uz/checkget?sId=402 manziliga kirish;

v) iOS yoki Android tizimlaridagi UPAY ilovasi orqali to‘lash;

g) upay.uz sayti orqali.

Dastlabki 2 ta usulda invoys raqamini kiritishingiz kifoya, ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas. Mobil ilova va sayt orqali esa ro‘yxatdan o‘tishni so‘raydi.

4) oxirgi bosqichda plastik karta raqami, amal qilish muddati va karta ulangan telefon raqamini kiritish kifoya. Telefonga kelgan SMSni kiritasiz, tamom-vassalom. To‘lovni amalga oshirdingiz!

Ma’lumot uchun: ushbu to‘lov DTM bazasida avtomatik ko‘rinadi. To‘laganingizni isbotlash uchun qanaqadir chek yoki kvitansiya olib borishingiz shart emas.

Ushbu xabarni abiturient do‘stlaringiz yoki ularning ota-onalariga ham yuboring. Toki jazirama issiqda navbatlarda qiynalishmasin, testga yaqin qolganda qimmatli vaqtini havoga sovurishmasin.

P.S.: elektron to‘lovda 1%, ya’ni ming so‘m qo‘shimcha xizmat haqi oladi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!