0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Без изображений  

5 TA MUHIM TASHABBUS IJROSI AMALDA: BUXDU VA ADU HAMKORLIGI

05 Июля 2019 год, Пятница
Просмотрено: 294

Автор: dotsent R.B.Qodirov
Geografiya kafedrasi mudiri

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida buyrug‘iga muvofiq Buxoro davlat universiteti Geografiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Farg‘ona vodiysi bo‘ylab  o‘quv dala amaliyotini o‘tash maqsadida 2019 yil 1-3-iyul kuni Andijon davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Buxoro davlat universiteti talabalari hamda amaliyot rahbarlari 2-iyul kuni ertalabdan Andijon davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchilari B.Dexqonov hamda Z.Temirovlar hamroxligida Andijon viloyatining rekreatsion hududlaridan biri Xonobod shahriga safar uyushtirishdi. Qoradaryo va Andijon suv omborida gidrologik kuzatishlar olib bordilar. Tuzilgan marshrut asosida Andijon viloyatining orografiyasi va lanshaftlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Andijonning Bog‘i Bobur bog‘i joylashgan Bobur madaniyat muzeyi bilan tanishishdi.  

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi yo‘nalishi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish”  maqsadida Buxoro davlat universiteti va Andijon davlat universiteti talaba yigitlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.

3 iyul kuni Buxoro davlat universiteti talabalari Andijon davlat universiteti Geografiya kafedrasi faoliyati va auditoriyalari bilan yaqindan tanishishdi. O‘z navbatida, Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” bo‘yicha Andijon davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti talabalari o‘rtasida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.

Shundan so‘ng Buxorolik talabalar geografik bilimlarini amaliy ifodasini ko‘rish, jumladan, sanoat korxonalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Asaka shahriga borishdi va  ko‘plab sanoat korxonalari bilan yaqindan tanishishdi. Iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan Asaka shahri talabalarda katta taassurot uyg‘otdi.

3 iyul kunning ikkinchi yarmida Buxoro davlat universiteti talabalari keyingi manzili Farg‘ona viloyati tomon yo‘l olishdi. Mazkur o‘quv dala amaliyoti davomida talabalar Andijon viloyati haqida juda katta ijobiy taassurot olishdi. O'quv dala amaliyoti talabalarning geografik dunyoqarashini o‘sishiga va Farg‘ona vodiysi haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keldi.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2019. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования