0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON VA OSH DAVLAT UNIVERSITETLARI O‘RTASIDAGI AKADEMIK ALMASHINUV DASTURI AMALDA

15 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 766

Muallifi: Qodirov Dostonbek
www.adu.uz muxbiri

Andijon davlat universiteti va Osh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra o‘zaro akademik talaba almashinuv dasturi amaliyotga joriy etilmoqda.

2018-2019 o‘quv yilining bahorgi semestrida ayniqsa, bu jarayon yanada keng tus oldi. Shu yilning aprel-may oylari davomida Osh davlat universitetining 25 nafar talabalari Tabiiy fanlar, Ijtimoiy iqtisodiyot, Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat fakultetlarida tahsil oldilar.

Osh davlat universiteti talabalari dars jarayonlarida to‘liq qatnashib, universitetda tashkil etilgan ta’lim jarayoni bilan tanishdilar. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ularda ayniqsa, tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan to‘garaklar faoliyati, universitet axborot-resurs markazida yaratilgan sharoitlar yaxshi taassurot qoldirdi. Shuningdek, mehmon talabalar Osh davlat universitetida o‘quv jarayoni kredit tizimida tashkil etilganini bildirib, ushbu tizim Andijon davlat universitetida ham joriy etilsa, ta’lim sifati yanada yaxshilanishini aytib o‘tdilar. Osh davlat universiteti talabalariga universitetimizda ta'lim olganliklari haqidagi sertifikatlar taqdim etildi.

Jismoniy madaniyat fakultetida o‘qishini davom ettirayotgan kurash bo‘yicha Qirg‘iziston chempioni Nurzoda Mixtibek qizi ikki oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini solishtirib, - ...bu yerda o‘zgacha atmosfera. Men olimpiya, jahon va Osiyo chempionlari bilan yonma-yon dars mashg‘ulotlarida ijtirok etdim, ulardan ko‘p narsalar o‘rgandim. O‘zbekistonda sportga e’tibor ancha yuqori ekan. Buni alohida Jismoniy madaniyat fakulteti tashkil etilganidan ham bilsa bo‘ladi. Osh davlat universitetida esa sport yo‘nalishi pedagogika fakulteti tarkibida. Bundan tashqari ayollar sporti juda ham rivojlangan ekan, qizlar barcha sport turlari bilan bemalol shug‘ullana oladilar. Qirg‘izistonda to‘g‘risini aytadigan bo‘lsam ayollar sportiga e’tibor juda sust. Bu yerda men orzu qilgan sharoitlar mavjud ekan, - deya o‘z fikrlarini bildirdi.

Bundan tashqari, 13 may kuni Andijon davlat universitetining 9 nafar talabasi Osh davlat universitetida tahsil olish uchun yuborildi. Talabalarni Osh davlat universitetida juda iliqlik bilan kutib oldilar. Talabalarning 5 nafari matematika va informatika yo‘nalishida, 4 nafar talaba esa fizika yo‘nalishida 15 davomida tahsil olishlari belgilangan. Andijon davlat universiteti talabalari birinchi kuni universitetdagi o‘quv jarayoni tanishtirilib, ularga universitetning infrastrukturasi va moddiy-texnik bazasi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalarimiz Osh davlat universiteti muzeyi bilan ham tanishtirildilar.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!