0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TALABALAR AMALIYOTI 5 TA MUHIM TASHABBUS ASOSIDA TASHKIL ETILMOQDA

06 May 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 2929

Muallifi: Bahodirjonova Hilolaxon
Chet tillar fakulteti 106-guruh talabasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusga oid chora-tadbirlarni bajarilishi yuzasidan Andijon davlat universitetining 5111400 - “Xorijiy til va adabiyoti” (Ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 1 kurs talabalari ishtirokida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimiga oid qabul qilingan so’nggi qaror va farmonlarda malakaviy amaliyotlarni tashkil etishda talabalar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyot davrida qo’llashni yangi avlod dasturlari asosida tashkil etishga alohida urg’u berilgan.

Ayni shu talablarni bajarish maqsadida, 2019-yilnng 3-may kuni chet tillar fakulteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasi o‘qituvchisi Muzaffar Kurbanov mazkur kafedra  tarkibidagi 106-guruh talabalari bilan birgalikda universitetining Axborot-resurs markazi (ARM)ga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, nafaqat talabalarni o’quv tanishuv amaliyotini samarali tashkil etish, balki, 2019 yil aprel-may oylarida o‘tkazib kelinayotgan malakaviy amaliyot davomida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishni ham o’z ichiga oladi.

Aytish joizki, Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari universitetning o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Malakaviy amaliyot (o‘quv-tanishuv) bajarish bo‘yicha” uslubiy ko‘rsatma talablaridan kelib chiqib 2019-yil 8-aprel kunidan 6-may kuniga qadar o‘quv-tanishuv amaliyotini o‘tash uchun yuborilgan bo‘lib, amaliyot dasturi 4 xaftaga, 144 soatga mo‘ljallangan xamda uning davomida maktabgacha ta’lim muassasasi, o‘rta maktabning boshlang‘ich va yuqori sinflarida dars jarayonlarini tashkil qilish bilan yaqindan tanishish xamda Axborot-resurs markazlarida amaliyot o‘tashi belgilangan. 

Amaliyotchi talabalarga ARM va uning tarkibidagi 5 ta bo‘limlarni ish faoliyatidan ko‘zlangan maqsad va vazifalari hamda 5 ta tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar berilgan bo‘lib, o‘z navbatida, har bir bo‘lim boshliqlari tomonidan talabalarni o‘quv, ilmiy-tadqiqot va dunyoviy bilimlarini oshirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar namoyish qilindi. Tashrif davomida talabalar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga ARM direktor o‘rinbosari Axmedova Marxaboxon mamnuniyat bilan javob berdi.

O‘z navbatida, talabalarga Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi mazmun va mohiyati, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalari xamda ularni oliy o‘quv yurtida amalda bajarilishi bo‘yicha universitetning Filologiya fakulteti dekani dotsent Raxmonov Baxodirjon tomonidan yetarli darajada tushunchalar va qiziqarli ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ushbu uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirishiga omil bo‘ldi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!