0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA 100 MING AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI YUNESKO/SULTON QOBUS MUKOFOTI UCHUN TANLOV

20 Aprel 2019 year, Saturday
Visited: 2893

Author: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida YUNESKO/SULTON QOBUS MUKOFOTI bo’yicha 2019 yil tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Ushbu tanlov atrof-muhit va tabiiy manbalarni tadqiq qilish, atrof-muhit ta’limi va o‘quv mashg‘ulotlari, atrof-muhitni asrash bo‘yicha xabardorlikni oshirish va biosfera qo‘riqxonalari, umumjahon tabiiy meroslari va YUNESKO geologik bog‘lari kabi qo‘riqlanadigan cho‘llarda barqaror turizmni shakllantirish va boshqarish kabi sohalarga hissa qo‘shgan alohida shaxslar, guruhlar va tashkilotlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Sulton Qobus mukofoti miqdori 100,000 AQSh dollardan iborat.

Shu munosabat bilan, mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2019 YIL 1 MAYGA qadar universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.

 

 

 

 

.

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2004-2021. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality
TO ATTENTION OF FOREIGN APPLICANTS!!!