0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TABIIY FANLAR SOHASIDA YUNESKO/EKVATORIAL GVINEYA XALQARO MUKOFOTI TANLOVI

20 Aprel 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 402

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

 

Tabiiy fanlar sohasida YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 2019 yil tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur mukofotning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga a’zo davlatlarda alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotining yaxshilanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini mukofotlashdan iborat. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 350 000 AQSh dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan uch nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola http://unesco.org/egip/account-requist orqali onlayn tarzda joriy yilning 15 may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.

  • ariza varaqasi;
  • nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi buyicha axborot (1000 ta so‘zdan oshmagan);
  • nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot;
  • nomzodning muhim o‘n ta ilmiy nashrining ro’yxati.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.

            

 

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!