0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA KEKSA AVLOD BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV

15 Aprel 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 51

Muallifi: Madinabonu Rasulova
www.adu.muxbiri

Fizika-matematika fakultetida yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bugungi kundagi yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanishga chorlash maqsadida fakultetni 1968-yil bitirgan keksa avlod vakillari va talabalar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda 7 nafar keksa avlod vakillari, fakultet dekani M.Maxkamov, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri A.Medatov, fizika kafedrasi mudiri M.Nosirov, matematika kafedrasi dotsenti A.Toxirov, fizika kafedrasi o'qituvchisi E.Muxtorov hamda 15 nafar 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda sobiq bitiruvchilar o’zlari o’qigan davr mashaqqatlari, o’qish uchun sharoitlar, imkoniyatlar yetarli emasligi, adabiyotlar yetishmasligi va boshqa ko’plab jonli misollar orqali o’zlari o’qigan davrlari ruhiyatini ko’rsatib berdilar va bugungi kun talabasi bilim olish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligini, kutubxonalardagi sharoitlar a’lo ekanini, zamonaviy laboratoriya xonalarining mavjud ekani, xatto universitetda bugungi kunda internet tarmoqlari orqali Oxford universiteti laboratoriyalari bazalaridan foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi katta avlod vakillari uchun orzu qilib bo’lmaydigan imkoniyatlar ekanini ta’kidladilar.

Talabalar bu uchrashuvdan katta taassurotlar oldilar. Bu uchrashuv ularni o’qishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshirishi tayin.

  

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!