0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TALABALARNING AMALIYOTLARINI TO’G’RI TASHKIL ETISH ZAMON TALABI

12 Aprel 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 336

Muallifi: Matbuot xizmati

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning asosiy maqsadi jahon standartlariga mos yetuk kadralar tayyorlashdir. Ma’lumki, raqobatbardosh kadrlar yetishtirish uchun esa, faqatgina nazariy ta’limning o’zi kamlik qiladi. Nazariy ta’lim haqiqiy ma’noda ishlab chiqarish bilan bog’lash malakali kadrlar tayyorlashning muhim omilidir. Biroq, talabalarning amaliyotini to’g’ri tashkil etmaslik, ularga yetarli metodik ko’rsatmalar bermaslik va boshqa ayrim jihatlar malakaviy va pedagogik amaliyotlarning natijadorliligini pasaytirib yuborishi shubxasiz.

Maktabgacha ta’lim fakultetida ayni shunday muammolarni bartaraf etish maqsadida talabalarning malakaviy va pedagogik amaliyotlarini to’g’ri tashkil etishni nazorat etish komissiyasi faoliyati yo’lga qo’yilgan. Komissiya amaliyot boshlangandan boshlab to yakunlangunga qadar talabalarga tegishli metodik ko’rsatma va maslahatlar berish, amaliyot o’tash joylarida amaliyotchilar uchun zarur sharoitlarni yaratishni tashkil etish va boshqa ko’plab muhim masalalarni hal qilib kelmoqda.

Kuni kecha ushbu komissiyaning 2018-2019-o’quv yili bahorgi semestrida o’talishi lozim bo’lgan amaliyotlarning hisibot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda fakultet o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Xasanov, kafedra mudirlari A.Teshaboyev va M.Artiqova, kafedralar professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Hisobot yig’ilishida amaliyotga rahbar etib belgilangan professor-o’qituvchilar va talabalar hisobotlari eshitildi.

Professor-o’qituvchilar va talabalarning amaliyotga rahbarlik va o’tash jarayonidagi yutuqlari bilan bir qatorda kamchiliklari ko’rsatib o’tildi. Kelgusida ana shunday kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!