0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KITOBSIZ KELAJAK YO’Q

12 Aprel 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 1489

Muallifi: Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim  tashabbusining ijrosini ta’minlash maqsadida  2019-yil 10-aprel kuni O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi hodimlari bilan hamkorlikda Asaka transport kollejida "Kitobsiz kelajak yoq" mavzusida tadbir tashkil etdilar.

Tadbirda filologiya fakulteti dekani, dotsent B.Rahmonov, O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri H.Karimovlar kitobning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi o’rni, inson dunyoqarashi va ichki olamini ezgulik g’oyalari bilan sug’orishda kitob mutolaasining ahamiyati, kelajakda taraqqiyotimizni belgilovchi asosiy omillardan biri kitob, uning mutolaasi ekani haqida jo’shqin va jonli ma’ruzalar qildilar. Kitob haqida ulug’ alloma va yozuvchilarning fikrlarini tahlil qilib berdilar. Adabiyotimizning eng buyuk namoyondalari Alisher Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat va boshqalarning ijodlaridan na’munalar o’qidilar.

Tadbirda qatnashgan kollej o’quvchilari ushbu ma’ruzalardan bir olam bilim va ma’naviy ozuqa olganliklari, kitob mutolaasiga bo’lgan kuchli ishtiyoq paydo bo’lganligini ularning ko’zlariga qarab bilib olish mumkin edi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!