0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YOSHLAR MARAFONI G’OLIBLARI ANIQLANDI: UNIVERSITETIMIZ TALABALARI UMUMJAMOA HISOBIDA BIRINCHI O’RINDA

12 Aprel 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 1802

Muallifi: Abdullayev G'ayratbek
Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi

Bugun Muhtaram Prezidentimizning 19-martdagi videoselektor yig’ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’munlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sport turlariga qiziquvchi yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida Andijon shahrida viloyat Yoshlar Ittfoqi tashabbusi bilan "Yoshlar marafoni" tashkillashtirildi.

Ushbu marafonda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, kollej va maktab o'quvchilari ishtirok etdi. Oliy ta’lim muassasalarining o'g'il bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan musoboqada 1-o'rinni Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Jakbarov Alisher, 2-o'rinni Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Ro'ziboyev Zokirjon va 3-o'rinni Yuldashev Shaxbozlar egalladi.

Qizlar o'rtasidagi o’tkazilgan musobaqada esa barcha o'rinlarni universitetimizning jismoniy madaniyat fakulteti talaba qizlari egallashdi. 1-o'rinni Karimova Oyshaxon egallagan bo’lsa, 2 va 3 o'rinlarni mos ravishda Qurbonova Zuhraxon hamda To'xtasinova Komilaxonlar egalladilar. G’oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!