0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI DEKANI O'RINBOSARI O'ZI TAHSIL OLGAN MAKTABGA KITOBLAR TO'PLAMINI TAQDIM QILDI

12 Aprel 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 666

Muallifi: Madinabonu Rasulova
www.adu.uz muxbiri

Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha Andijon davlat universitetining har bir fakultetida bir qancha ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur 5 ta muhim tashabbus bandlari bir-biriga bog’liq bo’gan holda jamiyatimiz hayoti uchun foydasi katta bo’lgan g’oyalarni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda fakultet o’qituvchilari va talabalari ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalarining barchasiga asoslangan holda maktab, kollej va litsey talabalari bilan uchrashuvlar  o’tkazilib kelinmoqda.

Ushbu 5 ta muhim tashabbusning 4-bandi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha yo’naltirilganligini inobatga olib,  12-aprel kuni  Andijon davlat universiteti Fizika-Matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosari I.Oxunov tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 32-DIMI  ma’muriyatiga 15 dan ortiq kitoblar taqdim qilindi. I.Oxunov maktab o'quvchilari bilan suhbat o'tkazib, faqat kitobgina kelajakda insonni kamolga yetishida sodiq do'st bo'lishini yorqin misollar bilan tushuntirib berdi. 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!