0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MUSIQIY TA'LIM KAFEDRASI O'QITUVCHILARI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIGA TASHRIF BUYURDI

04 Aprel 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 735

Muallifi: Yuldasheva Hilola, Zulunova Oydinoy
Pedagogika fakulteti talabalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni san'atga qiziqishini ortirish maqsadida  Pedagogika fakultetining "Musiqiy ta'lim" kafedrasi o'qituvchilari "Bolalar musiqa va san'at maktab"lariga tashrif buyurdilar.

 Ulardan biri Qobiljon Toshtemirov Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurdi va maktab jamoasiga amaliy, metodik yordam berdi. Raqs darslarida yosh qizlar milliy, rus, arab va boshqa turdagi raqslarni o'rganmoqdalar. Qobiljon Toshtemirov maktabda tuzilgan milliy cholg'u asboblari ansambli ijrosini kuzatib, ularga bilim ko'nikmalarini o’rgatdi va ularga o’zi birgalikda sozda jo’r bo’ldi. Gitara, baraban sozlarida, rassomchilik va san'atning boshqa turi bo'yicha darslarni tahlil qilib, o'zining amaliy bilimlarini yoshlar bilan bo'lishdi.

 Yana bir tashrif esa, Andijon viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Izboskan tumani 6-sonli maktabiga Pedagogika fakulteti "Musiqiy ta'lim" katta o'qituvchisi Murodjon Nasriddinov tashrif buyurdi va o'zining  bilim ko'nikmalari, tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Murodjon Nasriddinov milliy raqslar, chizmachilik, "Mohir qo'llar" darslariga kirib, u yerdagi yosh san’atimizning yosh vakillari bilan suxbat o’tkazdi va san’atda yuqori marralarni zabt etish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida o’z maslahatlarini berdi.

  Pedagogika fakulteti "Musiqiy ta'lim" yo'nalishi o'qituvchisi Murodjon Ergashev esa 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurdi. U yerda tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbat qurdi va bilim, tajriba va yutuqlari bilan o'rtoqlashdi.

Pedagogika fakulteti "Musiqiy ta'lim" yo'nalishining o'qituvchisi Ziyoda Xo'jayeva Asaka musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi. Z.Xo’jayeva pianino darsini kuzatib, iste'dodli yoshlarning Mozart, Bethoveenning "For Elise" kuylarini ijro etishiga yuqori baho berdi. O’z navbatida sozda kuy chalib, bu bo’yicha ularga tegishli yordam va maslahatlarini berdi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!