0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

INDONEZIYAGA STIPENDIYA DASTURLARI (O'QITUVCHILAR, TALABALAR, DOKTORANTLAR VA UNIVERSITET HODIMLARI UCHUN)

26 Mart 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 1002

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Indoneziya hukumatining  "Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi" (KNB granti - Kemitraan Negara Bekembang) stipendiya dasturlari haqida ma’lum qilamiz.

Ta’lim Indoneziyadagi 16 ta etakchi oliy o‘quv yurtlaridan birida:

- gumanitar,

- muhandislik va ijtimoiy fanlar,

- multidisipliner tadqiqotlar,

- ta’lim va fan kabi ta’lim yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Grantga xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha aviabiletlar, yashash uchun nafaqa va tibbiy sug‘urta kiradi.

Tanlovda o‘qituvchilar va talabalar, shuningdek, doktorantlar va universitet xodimlari ariza berishlari mumkin.

Ariza berish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni: http://www.knb.ristekdikti.go.id/ yoki  https://scholarshipfellow.com/t/kemitraan-negara-berkembang-knb-scholarship-2019/ veb-saytlarida mavjud.

Hujjatlarni onlayn topshirish muddati - 2019 yil 12 aprel.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76.

                                               

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!