0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

"XONOBOD" SIHATGOHIGA TASHRIF BUYURING

12 Mart 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 465

Bugungi kunda O'zbekistonda salomatlikni tiklash va dam olish uchun eng yaxshi maskanlardan biri hisoblangan Xonobod sihatgohi barchani o'z xizmatlaridan foydalanishga chorlaydi. Xonobod – vodiyning go'zal tabiatli, musaffo havoli, ekoturizm uchun qulay hududi. Bu yerda Siz hordiq chiqarish bilan birga betakror tabiat manzaralaridan zavq olasiz. Sihatgohda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud. Keng va yorug' xonalar, eng so'nggi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan taminlangan. Bu yerda yopiq sport zali, trenajyorlar bilan jihozlangan zallar, yopiq suzish havzasi mavjud. Ochiq sport maydonlarida hatto professional atletlar shug'ullanishi uchun ham barcha qulayliklar muhayyo.

"Xonobod”da siz vodiyning eng malakali shifokorlari nazorati ostida bo'lasiz. Shu bilan birga, jahon standartlariga muvofiq fizioterapiya xonalarida kerakli davolanish muolajalarini olasiz. Sihatgohda quyidagi xizmat turlari taqdim etiladi: Sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya – bu maxsus jismoniy mashqlarni qo'llash asosida davolash, profilaktika va tibbiy reabilitatsiya usullari to'plami. Suzish havzasi alohida sog'lomlashtirish-sport xizmatlarini taklif etish va ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish uchun barcha shart sharoitlarga ega. Suzish bir olam ijobiy kayfiyat bag'ishlash bilan birga mushaklarni mustahkamlaydi, immunitetni oshiradi. Fizioterapiya muolajalari – tibbiyotning eng qadimgi davolash va profilaktika yo'nalishlaridan biri. Fizioterapiya og'riqni kamaytirish, shish va yallig'lanishni bartaraf etish uchun mo'ljallangan samarali davolash usuli hisoblanadi.

Davolovchi vannalar – suvli fizioterapevtik muolaja. Bunda suvning har xil turlaridan foydalaniladi. Chuchuk va mineral suvlar ishlatiladi. Sharko dushi – qon aylanish tizimining normal ishlashini tiklashda yordam beradi, organizmning himoya tizimini faollashtiradi va bo'g'im kasalliklari o'tishini yengillashtiradi. Parafin bilan davolash asosida qon va limfa almashinuvi yaxshilanadi, to'qima almashinuvi darajasi oshadi. Teri oziqlanishi va trofikasi uning cho'ziluvchan va mayin holatga kelishini taminlaydi. Fitoterapiya – o'tlar yordamida davolash immunitetni mustahkamlashda, organizmni toksin va shlaklardan tozalashda salmoqli yordam ko'rsatadi. Shuningdek, massaj, funksional diagnostika, tor mutaxassislar ko'rigi, kedr bochkasida parlash kabi qator qo'shimcha xizmatlar ham bor. Bundan tashqari, kino zali, ko'ngilochar dasturlar va ekskursiyalar sihatgohda o'tkazgan kunlaringizga yanada fayz bag'ishlaydi.

Manzil: Andijon viloyati, Xonobod shahri, Xontoq ko'chasi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!