0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KITOBXONLIK – MA’NAVIY YUKSALISH ASOSI

28 Fevral 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 2140

Muallifi: K.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari 

Bugun Andijon davlat universiteti axborot-resurs markazida viloyat miqyosida soha xodimlari va talabalar ishtirokida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi. Tadbirda filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov va fakultetning bir guruh kitobxon talabalari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ayniqsa, yosh avlodni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, kitobga bo‘lgan mehrini yuksaltirish kabi masalalar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Seminar ishtirokchilari yurtimizda so’nggi yillarda kitob o’qishga, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir hukumat doirasida qator amaliy ishlar qilinayotgani, biroq, globallashuv jarayonlari kechayotgan bugungi kunimizda ushbu qilinayotgan ishlarni yanada kuchaytirishimiz, ziyolilarimizni bu ishga keng jalb etishimiz lozim ekanligi ta’kidlandi.

Bu borada yoshlarimiz kundalik hayotida keng o’rin egallagan gadjetlar, telefonlarda ham kitob mutolaasini tashkil etish uchun elektron kutubxonalar tashkil etish kabi innovatsion fikrlar ham o’rtaga tashlandi. Andijon davlat universiteti axborot-resurs markazida ham ana shunday elektron kutubxona tashkil etilgani viloyat soha xodimlariga na’muna sifatida ko’rsatib o’tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar maqsad yagona – yoshlarimizni kitob o’qishga qaytarish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ekanini bildirdilar.

 

 

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!