0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TURKIYANING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM OLISH UCHUN STIPENDIYA DASTURI

12 Fevral 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 1161

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 05.02.2019 yildagi №04-5/4708-sonli xati hamda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), Turkiya hukumati tomonidan Turkiyaning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun stipendiya dasturi haqidagi  ma’lumotni e’lon qilamiz.

Grant quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:

- o‘qitish qiymati;

- uy-joy xarajatlari;

- oylik stipendiya;

- Turk tili kursining narxi - 1 yil;

- umumiy tibbiy sug‘urta;

- ikkala tomonga ham xalqaro aviachiptalar;

- akademik va madaniy dasturlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar.

Ushbu dasturga ariza topshirgan nomzodlar 2019 yil aprel-may oylarida INTERVYU dan o’tishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, veb-saytda ko‘rsatilgan talablarga javob berishlari kerak.

Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumotni, ishtirok etish shartlari va arizalarni yuborish tartibi www.turkiyeburslari.gov.tr veb-saytida mavjud.

Tanlovda ishtirok etish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni onlayn tarzda yuborish lozim. Ariza topshirishning oxirgi muddati - 2019 YIL 20-FEVRAL.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi

(128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 998 90-217-20-76                                                 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!