0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Без изображений  

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KAFEDRALAR BO‘YICHA QUYIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA TANLOV E’LON QILADI!

17 Января 2019 год, Четверг
Просмотрено: 2298

Автор: A.Egamberdiyev
Universitet Kengashi kotibi

  1. O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi bo‘yicha – dotsent;
  2. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, katta o‘qituvchi;
  3. O‘zbekiston tarixi kafedrasi bo‘yicha - katta o‘qituvchi;
  4. Falsafa kafedrasi bo‘yicha - dotsent;
  5. Ingliz tili fonetikasi kafedrasi bo‘yicha - dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  6. Ingliz tili grammatikasi kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  7. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  8. Fakultetlararo chet tilini o‘qitish kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  9. Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi bo‘yicha -professor, assistent;
  10. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi bo‘yicha - katta o‘qituvchi;
  11. Ekologiya va botanika kafedrasi bo‘yicha – dotsent, katta o‘qituvchi;
  12. Geografiya kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  13. Kimyo kafedrasi bo‘yicha – professor, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  14. Zoologiya va biokimyo kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi, o‘qituvchi;
  15. Maktabgacha pedagogika kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri;
  16. Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri;
  17. Umumiy pedagogika kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri;
  18. Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi bo‘yicha – professor, katta o‘qituvchi.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, diplomlar va attestat­lar nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradilar.

Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi, 129-uy.

Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o‘tgan muddat bo‘yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o‘tkazadilar.

 

 

 

 

 

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2004-2020. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования
К ВНИМАНИЮ ИНОСТРАННЫХ АБИТУРИЕНТОВ!!!