0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Без изображений  

O‘ZBEKISTON YOSHLARI BUZG‘UNCHI G‘OYALARGA QARSHI

03 Ноября 2018 год, Суббота
Просмотрено: 910

O‘ZBEKISTON YOSHLARI BUZG‘UNCHI G‘OYALARGA QARSHI

 

Tahlillar shuni ko‘ratmoqdaki, dunyodagi aksariyat inqiloblar va tartibsizliklar asosan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Boisi, yoshlar qiziquvchan, tashabbuskor va tez ishonuvchan. Shuning uchun ham jamiyatga qarshi ish ko‘ruvchi har qanday oqimlar yoshlarni o‘z tomoniga og‘dirishga urinishadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 sentabrdagi buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda mana shu fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan yig‘ilishni universitet ma’naviy-ahloqiy tarbiya bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov olib bordi. Yig‘ilishda dastlab so‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ADU BT yetakchisi Elyorbek Xolmirzaev “yoshlar”, “buzg‘unchi g‘oyalar” tushunchalari, mamlakatimizda aholining 58 %ni tashkil etuvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar o‘rtasida huqubuzarlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘htalib o‘tdi. Yig‘ilish mehmonlaridan biri — O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Andijon bo‘limi xodimi, Andijon shahridagi Imom al-Buxoriy jome’ masjidi imom-xatibi Olimjon Rahimov islom dinining asl mohiyatiga butunlay zid bo‘lgan oqimlar xususida ma’lumot berdi. Notiq din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan bunday oqimlar ayni paytda islom dini rivojlangan davlatlarda ham buzg‘unchilik, begunoh insonlarning qonini to‘kish kabi jirkanch ishlarni olib borayotganligini achinish bilan aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishga taklif etilgan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarlik va profilaktika boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i, mayor Azizbek Yuldashev viloyatda sodir etilayotgan jinoyatlar, jumladan yoshlar ishtirokida sodir bo‘lgan jinoiy harakatlar xususida ma’lumot berdi. Ma’ruza davomida “Xujradagi zulmat” nomli videorolik namoyish etildi. Vedeorolikda yashirin ravishda — “hujralar”da savodsiz “dindorlar” tomonidan diniy ta’lim olayotgan bolalarning dunyoqarashida salbiy holatlar shakllanayotganligi, bunday “xujralarda” yoshlarga, xatto, 5-6 yoshli  bolalarga ham shavqatsizlik bilan munosabatda bo‘linayotganligi, achinarli sharoit, qattiq kaltaklanish, jismoniy jarohatlar natijasida yosh bolaning vafot etganligi, “hujralar”da ta’lim olgan yoshlar o‘z fikriga ega bo‘lmay terroristik oqimlarning ta’siriga tez berilayotganligi haqida aniq faktli tasvirlar namoyish etildi.

An’naviy tarzda o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi yig‘ilishda ishtirok etgan talabalar mamlakatimizda yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga birgalikda kurashish zarurligni anglab yetganliklarini ifodaladilar.

 

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov

 

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2019. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования