0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

GEOGRAFIYA VA GLOBALIZATSIYA: NAZARIYA VA AMALIYOT

26 May 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 2885

Muallifi: Rahimjon QODIROV, Maxbuba MUXTORJONOVA
Geografiya kafedrasi mudiri, dotsent/Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishiga asosan Andijon davlat universitetida joriy yilning 21 may kuni “Geografiya va globalizatsiya: nazariya va amaliyot” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konfirensiyaga Qozog‘iston Respublikasidan va mamlakatimizning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan taniqli olimlar, yirik fan vakillari va professor- o‘qituvchilar tashrif buyurdilar.

Anjumanda globallashuv davrida geografiya fani oldida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, tabiat va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, geoekologik muammolar; iqtisodiy va ijtimoiy geografik tadqiqotlarning hozirgi zamon mazmuni, demografiya va urbanizatsiya muammolari; gidrologiya va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari, iqlim o‘zgarishi muammolari; geodeziya va kartografiya, geografik axborot tizimlarining amaliy ahamiyati; zamonaviy geografiya ta’limi va geografik terminshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish va muvofiqlashtirish asosida O‘zbekistonda geografik tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, takomillashtirish hamda bu jarayonga xorijiy tajribalarni qo‘llash, xorijiy va respublika oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlarini, shuningdek yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarni keng jalb etish masalalari qamrab olingan.

Unda respublikamizning turli ta’lim muassasalaridagi taniqli olimlaridan tashqari, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasidan ham yetakchi olimlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti Mamlakatshunoslik va turizm kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor Abdimanapov Baxadurxan Sharipovich “Texnogennaya seysmichnost: prichinы i posledstviya”, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori Qayumov Abduhakim Abduhamidovich “Shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining mintaqa rivojlanishidagi ahamiyatini tadqiq etishning ilmiy asoslari”, O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Egamberdiev Asomberdi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ta’limda boshqaruv kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor Nigmatov Asqar Nigmatullaevich “Zamonaviy geografiya muammolari va yechimlari”,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti Geografiya bo‘limi Geoekologiya laboratoriyasi mudiri, geografiya fanlari doktori Rafiqov Vahobjon Asomiddinovich “Suv omborlarning tabiiy muhitni o‘zgarishiga ta’sirini prognozlashtirish va prognozlari”, Farg‘ona davlat universiteti mintaqaviy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi direktori, geografiya fanlari doktori, professor Ahmadaliev Yusufjon Ismoilovich “Geografiyaning gumanitarlashuvi zamon talabi”, Andijon viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i Mahmudov Isroiljon “Andijon gidrometeorologiya boshqarmasining faoliyati: muammolar, istiqbollar va takliflar”, Andijon davlat univesiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Qodirov Rahimjon Boltaboevich “Balandlikka ko‘tarilganda gorizont ko‘rinishining kengayishini aniqlash usuli” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Seksiya yig‘ilishida esa Farg‘ona davlat universitetidan geografiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimjon Xoliqov, katta o‘qituvchi Foziljon Otaqo‘ziev, Samarqand davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Sobirova, Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Farida Hamraeva, Namangan davlat universitetidan Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Hamidillo Mirzaahmedov, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Shavkat Jumaxonov,– Qo‘qon davlat pedagogika institutidan Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, bologiya fanlari doktori, professor Valijon Isaqov, Jizzax davlat pedagogika institutidan katta o‘qituvchi Zafar Toshboev, Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi doktoranti Yusupova Sevaraxon, Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi doktoranti Mamasoliev Sardorlar faol ishtirok etdilar.

Yalpi umumiy va sho‘’ba yig‘ilishlari qizg‘in bahs munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Konferensiya so‘ngida Geografiya kafedrasi tomonidan konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar, diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada:

- Andijon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, dotsent Azamat Shodmonovich Mamatyusupov;

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar  fakulteti dekani, dotsent Nozimjon Hoshimjonovich To‘xtaboev;

- Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar  fakulteti Zoologiya kafedrasi mudiri, dotsent Dilfuza To‘ychieva;

- Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar  fakulteti Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri, dotsent Nasiba Noralieva;

- O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Geografiya kafedrasi doktoranti Abdurashidov Zafarjon Abdumajidovich,  O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi doktoranti Mahmudov Muhammadismoil, Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi doktoranti Mamasoliev Sardor, Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi doktoranti Yusupova Sevaraxon;

- Samarqand davlat universitetidan 3 nafar;

- Farg‘ona davlat universitetidan 6 nafar;

- Namangan davlat universitetidan 4 nafar;

- Qo‘qon davlat pedagogika institutidan 4 nafar

- Jizzax davlat pedagogika institutidan 2 nafar;

- Andijon viloyati Gidrometreologiya boshqarmasidan 1 nafar;

- Andijon davlat universitetidan 23 nafar professor-o‘qituvchi.

Iqtidorli talaba va magistrantlardan:

- Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan 1 nafar;

- O‘zbekiston Milliy universitetidan 3 nafar;

- Namangan davlat universitetidan 3 nafar talaba;

- Andijon davlat universitetidan 310 nafar talaba ishtirok etdilar.

22 may kuni 5140600-Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘qituvchi-tyuterlar tomonidan master-klass darslari tashkil etildi. Master-klass darslarini Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti Mamlakatshunoslik va turizm kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor B.Sh.Abdimanapov, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori A.A.Qayumov, O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, dotsent A.Egamberdiev, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ta’limda boshqaruv kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor A.N.Nigmatov, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi doktoranti M.M.Mahmudovlar olib bordilar. Respublikamizning geografiya bo‘yicha taniqli olimlarining olib borgan mashg‘ulotlari talabalarda katta va unutilmas taassurot qoldirdi. Talabalarning geografiya bilimi va dunyoqarashi o‘sishiga xizmat qildi. Mehmonlar tomonidan kafedraga qimmatbaho kitoblar va geografik atlaslar sovg‘a qilindi.

Konferensiyani o‘tkazish uchun universitet rektorining 2018 yil 17 maydagi 04-82-sonli ichki buyrug‘i bilan konferensiyaning dasturi va tashkiliy qo‘mita tuzilib, chora-tadbirlar belgilandi hamda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ma’sullar tayinlandi. Ular tasdiqlangan reja bo‘yicha faoliyat olib bordilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!