0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ERASMUS+, MODEHED: BIZ YOSHLAR SOG`LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

25 May 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 3039

Muallifi: SH.TOHIROV
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi

“Mode Hed” ERASMUS + loyihasi asosida “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat  fakulteti Hayot faoliyati  xavsizligi kafedrasi tashabbusi bilan “Biz yoshlar sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Ko’rik tanlov ochilishi sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etish, reproduqtiv salomatlik haqida tushuncha talabalarni faol ishtirokini ta’minlash bilan birga namoyish etilgan sahna ko’rinishida talabalar zararli odatlar va ularni organizimga ta’siri haqidagi qisqa muddat ichida keng qamrovda yoritib berishga erishdilar.

Tanlovda 3-shart yuzasidan hamkor tashkilotlardan iborat ishchi guruh tomonidan  yaratilgan savollarga talabalar muddatidan oldin tog’ri , aniq va qisqa ravon nutqda javob berishga erishdilar. Tanlov yakunida 1- o’rinni 187 ball bilan Tarix fakultetining “Yuksalish” jamoasi, 2-o’rinni 182 ball bilan Pedagogika fakultetining “Targ’ibotchi pedagog” jamoasi, 3-o’rinni 179 ball bilan Tabiiy fanalar fakultetning “Kelajak” jamoasi qo’lga kiritdilar.

Tanlov g’oliblari va ishtirokchilar Andijon davlat universiteti va O’zbekiston yoshlar ittifoqi  tomonidan turli darajadagi diplom va estalik sovg’alari bilan, turli yo’nalishdagi eng faol jamoa a’zolari va ishtirokchilar esa hamkor tashkilotlarning rag’batlantiruvchi sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!