0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

"YOSH KITOBXON" TANLOVI

23 May 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 5091

Muallifi: Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi

Mamlakatimiz Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishiga asosan Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetida kitobxonlik ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Pedagogika fakulteti dekani Charosxon Shokirova bellashuv oldidan ishtirokchi talabalarga omad tiladi, kitob mutolaasining barchaga, xususan talabalarga ne chog'lik zarur ekanligini aytib oʻtdi.Shundan so'ng eng hayajonli daqiqalar boshlanib ketdi.
Tanlovda iqtidorli talabalar o'z bilimlarini to'rtta shart bo'yicha sinovdan oʻtkazdilar.

Shartlar:

  1. asarlardan parcha keltirilib, shu asosida asar nomini topish;
  2. asar nomi orqali asarning muallifi va asarining qisqacha mazmunini so'zlab berish;
  3. adabiyotlar roʻyxatida berilgan shoirlar ijodidan ifodali she'r aytib berish kabi shartlar asnosida talabalarining qay darajada badiiy kitoblar bilan oshno ekanliklari aniqlab olindi.


Hakamlar hayʼati aʼzolari:Pedagogika fakulteti dekani, dotsent Ch.Shokirova, fakulteting ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Q.Nuriddinov, BMTM kafedrasi katta o'qituvchilari T. G'aniyev, I.Ubaydullayev, kafedra assistenti G. Teshaboyeva, Z.M.Bobur nomidagi axborot resurs markazi metodisti Sh.Shokirovalar ko'rik tanlov shartlariga to'laqonli javob bera olgan talabalarni g'olib deb topdilar.
Tanlovni tashkil qilish g'oyasini talaba Holmirzayeva Mohlaroyim ilgari surdi va tadbirni tashkil qilishda fakultet yoshlar ittifoqining yetakchisi Ilhomjon Boltaboyev jonbozlik ko'rsatdi.

Yosh kitobxon sifatida, faxrli 1-o'rinni BTSTI yo'nalishining 2- bosqich talabasi Teshaboyev Madina egalladi va pedagogika fakulteti dekani Charosxon Shokirova ta'sis etgan qimmatbaho planshetga ega bo'ldi.
Ikkinchi o'rniga BTSTI yo'nalishi 301- guruh talabasi Akbarova Jamilaxon, uchinchi o'ringa esa shu guruhda taxsil oluvchi talaba Kamoldinova Xusnidaxonlar munosib deb topildi va ularga faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Ushbu ko'rik-tanlov kitobxonlik kechasiga aylanib ketdi.Ko'tarinki ruhda o'tgan bilimlar bellashuvi barchaning ko'nglidan katta joy egalladi, tomoshabin talabalarda ham tanlovda ishtirok etishga bo'lgan qiziqish uyg'ota oldi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!