0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MISRGA SAYOHAT

21 May 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 3533

Muallifi: Foziljon Kiyikboyev
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent

Joriy yilning 5-15 may kunlari Misr Arab Respublikasida sayohatda bo‘ldim. “Nefer tours” kompaniyasi tashkil etgan guruh tarkibida Misrning 10dan ortiq turistik shaharlari, diqqatga sazovor joylari bilan tanishdim.
Misr Arab Respublikasining yer maydoni: 1001450 km2, aholisi: 94.5 milliondan ziyod. Poytaxti-Qohira shahri.
Qohira Afriqa qit’asining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, Arab hamda Afrika mamlakatlari shaharlari ichida eng yirigi hisoblanadi, shuningdek, aholisi 25 mlnga yaqin kishini tashkil etadi. Markaz ko‘chalarida odamlar va transport harakatlari doimo tirband. Qohirada arablardan tashqari boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Son-sanoqsiz mahobatli minoralar orasida o‘zga mazhab, o‘zga din cherkovlari ham anchagina. O‘rta Yer dengizi, Qizil dengiz, dunyodagi eng uzun daryo-Nilni ko‘rish, hamyurtimiz Ahmad-Al Farg‘oniyning Nil daryosi suvi sathini o‘lchash asboblari va qo‘llagan tadbirlari, alloma ishlatgan asbob-anjomlardan hozir ham foydalanib kelinishi haqidagi xotiralarni tinglash menda hayajon va g‘urur uyg‘otdi.
Sayohat asnosida Misr Arab Respublikasidagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri-“Al Ahram Al Arabi” nomidagi Qohira universiteti 30 dan ortiq fakultetlari ichida “Maktabgacha ta’lim” fakultetining ham mavjudligi meni qiziqtirdi. Bu yo‘nalishning o‘quv fanlari, dasturlari, amaliyotga bog‘liq integratsiyasi bilan qiziqdim. Qohira universitetining rektori (u yerda Prezident deb atalar ekan), professor Muhammad O‘tman Elhosht Xitoy xalq Respublikasiga ilmiy safarga ketganligi uchun uning yordamchisi Muhammad Tamur bilan universitetlarimiz o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ishlarini rejalashtirdik.
Misrda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish juda katta. Misrliklar bilan suhbatlarda ularning Vatanimiz tabiati, insonlari hayoti, boy tariximiz, buyuk allomalarimiz, noz-ne’matlarimiz, bunyodkorlik sohasidagi asori-atiqalarimiz, urf-odatlarimiz, jannatmakon yurtimizga judayam qiziqishlari, intilishlari menda yuksak g‘urur ham faxr uyg‘otdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!