0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YOSH AVLODNI KASBGA YO‘NALTIRISH - DAVR TALABI!

18 May 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 3228

Muallifi: Hayitxon Ismoilova
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Andijon davlat universiteti hamda Andijon tumani10-son davlat ihtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda o‘zaro ta’lim shartnomasi tuzilib, bugungi kunda universitet hamda maktab bilan birgalikda bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shunday loyixalardan biri, maktab o‘quvchilari universitetga tashrif buyurishib, universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirilgan edi. Kuni kecha maktabning bitiruvchi sinflari yana oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. Bu yerda o‘quvchilar universitetning ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Hayitxon Ismoilova hamroxligida universitetdagi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan loborotoriya xonalari bilan tanishtirildi. Unda maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Feruzaxon Egamberdiyeva, Infarmatika fani o‘qituvchisi Ozodbek Axmardinov, maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari qatnashdilar.
Dastlab ular Tabiiy fanlar fakulteti tomon yo‘l oldi va ularni tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abrorbek Mamajonov kutib oldi. O‘quvchilarga, o‘quv xonalari, dars jarayonlari, oliy ta’lim muassasidagi imkoniyatlar, talablar haqida ma’lumot berdi. O‘qituvchilar Isroiljon Maxmudov va Abdurahmon Yunusovlar o‘quvchilarga labarotoriya xonalarida tajribalardan na’munalar ko‘rsatib berdi.


Shundan so‘ng ular universitetning to‘rt yuz mingdan ortiq kitoblarga ega bo‘lgan Axborot resurs markazi bilan tanishtirildi. Bunday katta ma’naviyat xazinasiga ega bo‘lgan kutubxona albatta ularda katta taassurot qoldirdi. ARM xodimlar Odinaxon Salimova va Iqboloy G‘opporovalar universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarning kitobga bo‘lgan talablarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi, bu yerdagi adabiyotlardan foydalanish tartibi, imkoniyatlar, talablari haqida to‘la ma’lumot berdilar.


Bugungi tashrifning asosiy sababchi bo‘lgan Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi bilan tanishish navbati keldi. Bu yerda ularni kafedra mudiri Anvarjon Zaynobiddinov kutib oldi va professor o‘qituvchilar bilan tanishtirdi. Kafedraning katta o‘qituvchisi Zuxraxon Dumayeva dunyo miqiyosida nufuzli o‘ringa ega bo‘lgan xalqaro loyixalarda, kafedra o‘qituvchilarining erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berdi. Jumladan kafedra o‘qituvchilarining ERASMUS+ loyihasi doirasida Germaniya davlatiga tashrif buyurganligi, loyixa doirasida erishgan yutuqlari, loyixaning afzallik taraflari haqida videoroliklar misolida tushuntirib berdi. O‘quvchilarga mahsus jixozlar yordamida tajribalardan na’munalar o‘tkazdi.
Z.Dumayeva fan bo‘yicha ma’lumot berar ekan har bir o‘quvchi va shu yerdagi ishtirokchilarda fanga bo‘lgan, hayotga, insoniyatga bo‘lgan qiziqish va qarashlari albatta ijobiy tarafga o‘zgardi. O‘quvchilar bilimlarini yanada mustahkamlashni, kelajakda albatta O‘zbekistonga, butun insoniyatga foydasi tegadigan barkamol shahs bo‘lib yetishishni oldilariga maqsad qilib oldilar. Maktabning biologiya fani o‘qituvchisi F.Egamberdiyeva ham kafedraning professor o‘qituvchilari bilan fan doirasida qizg‘in suxbatlar olib bordi. Yosh avlodni kasbga yo‘naltirish, ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedogogik tehnologiyalardan foydalanishning ilg‘or tajribalari haqida fikr almashdilar.
“Men va butun kafedra o‘qituvchilari yoshlarimizni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda sog‘lom turmush-tarzini shakllantirish uchun doimo tayyormiz. Qachon, qanday taklif va fikrlar bo‘lsa tortinmay bizga murojjat qiling. Zero bizning maqsadimiz, kelajak avlodni ham jismoniy ham ma’naviy yetuk shahslar qilib o‘stirishdan iboratdir”-deydi Z.Dumayeva.
Yosh avlodga bo‘lgan e’tibor, iliq munosabat va universitet xodimlarining iliq muomalasidan kelgan mehmonlar hursand bo‘lib, universitet rektori va butun jamoasiga yaqindan yordam berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazilishi yoshlarimizni kasbga, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga sabab bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor na’munalari haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘ladilar. Bu esa har bir yosh avlod ongida ona vatanga, xalqiga, atrof-muhitga bo‘lgan mexr-muxabbatini shakllanishiga, hayotni qadriga yetishiga katta ko‘mak beradi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!