0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XOTIRA ABADIY – QADR MUQADDAS

16 May 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 101

Muallifi: Dilsabo ABDUHALILOVA
ADU BTSTI yo’nalishi 2-bosqich talabasi

 Xotira bor ekan tirikdir millat,

Tirikdir iftixor, tirikdir g’urur.

Xotira - elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira - ertani yoritguvchi nur.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”‘gi  Qaroriga asosan “Inson qadri ulug’, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida yuqori saviyada tadbirlar o’tkazilishi nazarda tutilgan.

Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti BTSTI ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 202-gurux talabalari bilan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira abadiy – qadr muqaddas” deb nomlangan xotira tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir pedagogika fakulteti dekani dodsent Charosxon Shakirovaning tavsiya va ko’rsatmalari asosida tayyorlandi. Tadbirga tayyorgarlik ko’rishda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Qamariddin Nuriddinov, “Yoshlar ittifoqi” fakultet BT raisi Ilhomjon Boltaboyev va boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi katta o’qituvchisi Surmaxon Ismoilova va guruh murabbiyi Lazizbek Mo’ydinovlarning  xizmatlari katta bo’ldi.

Tadbirni o’tkazishdan ko’zlanga asosiy maqsad yosh avlodni ona yurtga muxabbat, istiqlol g’oyalari va umumbashariy qadryatlarga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning ong va shuuriga vatanparvarlik tuyg’usini singdirish, ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun saflarimizda turib Vatan obro’-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalashga xissa qo’shayotgan faxriylarni e’zozlashga o’rgatishdan iborat.

Tadbirni fakultet dekani dodsent CH.Shakirova kirish so’zi bilan ochib berdi va o’z nutqida “Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin, ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga, front ortida mexnat qilgan faxriylarga yanada e’tibor kuchaydi. Xalqimiz inson g’animat deydilar. Xaqiqatdan ham, biz uchun ota-bobolarimiz xayoti g’animat. “Qarisi bor uyning parisi bor” deganlaridek, biz ham qariyalarimiznin  asrab-avaylashimiz, qo’ldan kelganicha izzat-ikrom ko’rsatib, duolarini olishimiz, tinch va osoyishta kunlarimizning qadriga yetib shukuronalar aytishimiz zarur. Davlatimiz tomonidan urush qatnashchilari va front ortida mexnat qilganlarga, urushda xalok bo’lganlarning oilalariga ijtimoiy yordamlar ko’rsatilmoqda”, deb aytib o’tdi. Tadbir prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qisqacha maruzasi bilan boshlandi.

Boshlovchilar o’tganlarni   xotirasini hurmat bilan yodga olish uchun bir minut sukut saqlashlarini tomoshabindan so’radilar. Sukutdan so’ng talabalar tomonidan tayyorlangan no’merlar navbat bilan tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi. “Chol va nabira”, “Sobir otaning xotiralari” sahna ko’rinishi beixtiyor tomoshabinlarning ko’zlarini yoshlatdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, mustaqilligimizning asoschisi I.Karimov  xotirasi ham esga olindi. Chunki, shu insonning sa’y-harakatlari bilan 9-may xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilindi. I.Karimovga bag’ishlab videorolik namoyish qilindi va she’rlar o’qildi.

Tadbirni 202-guruh talabalari Iroda Ibragimova va Dilsabo Abduhalilovalar olib bordilar. Sahna ko’rinishini 3-bosqich yigitlari Nodirbek Shomirzayev, Shoyatbek Tojiyev, Davronbek Olimov, Mirjalol Egamovlar talqin etgan bo’lsalar, beva qolgan yosh kelinchak obrazini Mahliyo Sheraliyeva juda ham chiroyli qilib yoritib berdi. Abdulla Oripovning “Ayol” manalogini shu guruh talabasi Mohinur Rahmonova maromiga yetkazib aytib berib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’ldi.

Tadbir so’ngida gurux qizlari Shaxlo Arslonova, Gulruxsor Ahmadjonova, Dilnoza Tuxriddinova va Arofatoy Ismoilovalar “Katyusha” raqsini ijro etganida zal qarsak chalib, qo’shiqqa qo’shilib turdilar. Qizlar o’z maxoratlarini ko’rsatib barcha tomoshabinlarning mexrini qozondi. Tadbirda faol qatnashganlarni fakultet dekani dodsent Ch.Shakirova faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Keksalarimiz har doim duoga qo’l ochar ekanlar, “Urushni biz ko’rdik, sizlar ko’rmanglar, baxtli zamonning qadriga yetib, bilimli, xunarli bo’linglar”, deydilar. Prezidentimiz Sh.Mirziyayevning tashabbuslari bilan odamlarning xayoti yanada o’zgarmoqda. Kechamiz bugundan, bugunimiz esa ertamizdan  kuchliroq bo’lmoqdaki, bu insonlarda hayotga nisbatan yuksak ishonch uyg’otmoqda.

  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!