0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

11 May 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 435

Muallifi: Madaminjon MAHKAMOV
ADU fizika-matematika fakulteti dekani

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimiz yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida olimlarga ko‘rsatilgan alohida e’tibor, Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoni yurtimizdagi barcha ilm ahli zimmasiga yuksak mas’uliyat yukladi. Ta’lim muassasalarida taniqli olimlar bilan yoshlar uchrashuvi, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Universitet katta majlislar zalida Fizika-matematika fakulteti pedagog-xodimlari, yosh olimlar va fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan O‘zR FA Astronomiya instituti direktori, “Fan va turmush” jurnalining bosh redaktori fizika-matematika fanlari doktori, akademik Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda akademik Sirojiddin Zaynobidinov, viloyatimizdagi taniqli davlat va jamoat arbobi mehnat fahriysi Masharif Yusupov ham ishtirok etdilar.


Fakultetning yosh mutaxassislari, magistrlari, bitiruvchi kurs talabalari, iqtidorli talabalar bilan akademik Sh.A.Egamberdiyev uchrashuvi tashkil qilindi va unda katta hayotiy tajribaga ega, ilm sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan olimning ilmiy faoliyati borasidagi fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berildi, “Olam tuzilishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.


Uchrashuvda Akademik Sh.A.Egamberdiyev mamlakatimiz taraqqiyotini ilg‘or ilm-fansiz tasavvur etib bo‘lmasligi, sohaga qaratilayotgan katta e’tibor, olimlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar ertamiz egalarining barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashiga zamin bo‘layotganini ta’kidladi. Prezidentimizning ilm ahli vakillaridan kutayotgan ulkan izlanishlar, yurt taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan yangi g‘oyalar haqida to‘lqinlanib so‘zladi. Milliy qadriyatlarimiz, madaniy-ilmiy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda yoshlarning burchi va mas’uliyati, zamonaviy badiiy-ilmiy adabiyotga, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish borasidagi fikrlarini bayon qildi.


Akademik Sh.A.Egamberdiyev Astronomiya fani yutuqlari va istiqbollari, ilmiy-texnologik salohiyatni yuksaltirishda ilm-fanning rolini kuchaytirish, fanning ustuvor yo‘nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlar natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyatni keng tanishtirish taniqli mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratish xususidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taniqli olim mamlakatimizda fan va texnologiyalarni jadallik bilan rivojlantirish, yuqori malakali kadr¬lar tayyorlashni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining kadrlar va intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va bosh-qarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari imkoniyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Bunday uchrashuvlar iqtidorli talaba yoshlarni va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqot sohalarida yangiliklar, ixtirolar qilishga undash, ularning Harakatlar strategiya¬sini amalga oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Akademik Sh.A.Egamberdiyev fizika-matematika fakulteti kutubxonasiga o‘zining ilmiy ishlari yoritilgan bir nechta risolalar va badiiy kitoblar sovg‘a qildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Fakultet dekani M.Maxkamov akademik Shuxratbek Egamberdiyevga sog‘liq-salomatlik tilab, shu vaqtgacha bo‘lgan sermahsul ilm yo‘llari haqidagi iliq dil so‘zlarini izhor etganligi aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Iqtidorli talaba vakillari ham bunday maroqli uchrashuv uchun ustoz Sh.A.Egamberdiyevga minnatdorchilik bildirdilar va gullar sovg‘a qildilar. Talabalar akademikka samimiy tilaklarni izhor etish bilan birga, kelajakda ustoz kabi yutuqlarga erishishga, bu yo‘lda tinimsiz o‘qib, izlanishga va’da berdilar. Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!